Nigeriyada choʻponlar va dehqonlar toʻqnashuvida 48 kishi halok boʻldi
Nigeriyaning markaziy Plato shtatida chorvadorlar va fermerlar oʻrtasida besh kundan buyon davom etayotgan toʻqnashuvlarda besh kun ichida 48 kishi halok boʻldi. Toʻqnashuvlar chorma mollarining oʻgʻirlangani sababli boshlangan. Mojaro vaqtida 6 ta masjid va 2 ta cherkov yoqib yuborilgan.
Nigeriyaning markaziy Plato shtatida chorvadorlar va dehqonlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda besh kun ichida 48 kishi halok
boʻldi. Mangu shahridagi toʻqnashuvlar besh kundan beri davom etmoqda.
Toʻqnashuvlarda
Fulani (asosan musulmonlar) va Mvagaful etnik guruhlari ishtirok etgan. Ular
shtat gubernatori 24 soatlik komendantlik soati joriy qilganiga qaramay,
resurslar (er va suv)dan foydalanish borasida kelisha olmayapti. Toʻqnashuvlar
vaqtida 6 ta masjid va 2 ta cherkov ham yoqib yuborilgan.
Mangu maʻʻmuriyati rahbari Markus Artuning soʻzlariga koʻra,
yuzlab mahalliy aholi vahima ichida uylarini tashlab ketishgan.
Nigeriya quruqlik qoʻshinlari qoʻmondoni Taoriid Lagbaja Platoga qoʻshinlar yuborilgani va tinchlik oʻrnatish uchun barcha zarur choralar koʻrilayotganini
maʻʻlum qildi.
Nigeriya Qizil Xoch tashkilotining Mangudagi mintaqaviy idorasi
rahbari Nurudiyn Husani Magajining aytishicha, hududda lagerʻ tashkil etilgan boʻlib,
1500 ga yaqin odam toʻqnashuv
zonasidan evakuatsiya qilingan.
Plato gubernatori Jaleb Mutfvang janglar tufayli Manguda 24
soatlik komendantlik soati eʻʻlon qildi.
Mojaroga
chorva mollarining oʻgʻirlangani sabab boʻlgani aytilmoqda. Guvohlarning soʻzlariga
koʻra, qurollangan oʻgʻrilar Fulani jamoasiga tegishli chorva mollarini oʻgʻirlamoqchi
boʻlganidan keyin boshlangan.
Nigeriyada
oxirgi marta Rojdestvo kuni uyushtirilgan hujum natijasida zoʻravonliklar toʻlqini
vujudga kelgan, oqibatda kamida 140 kishi halok boʻlgandi.
Nigeriyaning Plato shtati shimolidagi yassi togʻlarda asosan musulmonlar, janubida esa nasroniylar istiqomat qiladi.