24.10.2024 11:26
897

Nigeriyada 17 oy ichida boʻgʻma kasalligidan 1200 dan ortiq odam vafot etdi

Nigeriyada 17 oy ichida 23 mingdan ortiq boʻgʻma holatlari aniqlanib, kasallikdan 1200 dan ortiq odam vafot etdi. JSST avvalroq mamlakatda boʻgʻma (difteriya) epidemiyasining ikkinchi toʻlqini kuzatilayotganini eʻʻlon qilgan edi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) soʻnggi 17 oy ichida difteriya – boʻgʻma kasalligidan 1191 kishi vafot etganini xabar qildi.

NCDC vakili Muzzammil Gadanyaning aytishicha, 2023 yilning mayidan 2024 yilning sentyabriga qadar mamlakatda difteriya bilan kasallangan 38 mingdan ortiq shubhali holatlar qayd etilgan, ulardan 23 mingtasi tasdiqlangan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti avvalroq Nigeriyada boʻgʻma epidemiyasining ikkinchi toʻlqini kuzatilayotganini maʻʻlum qilgan edi.

Oʻtgan yili YuNISEF epidemiyaga qarshi kurashish uchun Nigeriyaga 9,3 million doza vaktsina yuborgan edi.

Boʻgʻma – bu Corynebacterium diphtheriae (difteriya tayoqchasi) bakteriyasi keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yalligʻlanishi bilan kechadigan oʻtkir infektsion xastalik. Difteriya tayoqchasining oʻrnashgan joyiga va koʻpayishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, koʻz, teri, tashqi jinsiy aʻʻzolarga taʻʻsir qiladi. Infektsiya havo tomchilari orqali yuqib, oʻlimgacha olib keladi.

 

Mavzuga aloqador