16.05.2024 09:44
Niger bosh vaziri AQShni harbiy shartnomani buzganlikda aybladi
Niger bosh vaziri Ali Lamin Zeyn AQShning hararakatlari qoʻshinlarining Nigerdan chiqarib yuborilishiga sabab boʻlganini maʻʻlum qildi. "Amerikaliklar bizning tuprogʻimizda qoldi va terrorchilar odamlarni oʻldirib, shaharlarni yoqib yuborganida hech narsa qilmadi", - dedi u.
Niger bosh vaziri Ali Lamin Zeyn AQSh qoʻshinlarining mamlakatdan chiqarib yuborilgani sababini aytdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bunga AQShning oʻzi sababchi boʻlgan.
"Amerikaliklar bizning tuprogʻimizda qoldi va terrorchilar odamlarni oʻldirib, shaharlarni yoqib yuborgan paytda ular hech narsa qilmadi. Biz Qoʻshma Shtatlarning oʻz ittifoqchilari, yaʻʻni Ukraina va Isroilni himoya qilish uchun nimalar qilayotganini ham koʻrdik", - dedi u amerikalik jurnalistga.
Eslatib oʻtamiz, aprelʻ oyida AQSh Nigerning Amerika qoʻshinlarini olib chiqish haqidagi talablariga binon qoʻshinlarini olib chiqishga rozi boʻldi. Amerika harbiy bazasiga rus qoʻshinlari joylashtirilmoqda.