12.02.2024 17:25

Niderlandiya sudi Isroilga F-35 ehtiyot qismlarini etkazib berishni taqiqladi

Niderlandiya sudi mamlakat hukumatiga Isroilga Gʻazo sektorini bombardimon qilishda foydalanayotgan F-35 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlarini etkazib berishni taqiqladi.

Niderlandiya sudi mamlakat hukumatiga Isroilga Gʻazo sektorini bombardimon qilishda foydalanayotgan F-35 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlarini etkazib berishni taqiqladi, deya xabar bermoqda TRT.

“Eksport qilingan F-35 qismlari xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishida qoʻllanilishi aniq xavfi borligini inkor etib boʻlmaydi”, — deyiladi sud qarorida.

Avvalroq huquqni himoya qilish tashkilotlari quyi instantsiya sudi tomonidan ehtiyot qismlarni etkazib berish Isroilning xalqaro huquqni buzishiga olib kelayotgani haqidagi daʻʻvolari rad etilganidan soʻng apellyatsiyaga bergan edi.

AQShga tegishli boʻlgan F-35 qismlari Gollandiyadagi omborda saqlanadi va keyin mavjud eksport shartnomalari boʻyicha bir nechta sheriklarga, jumladan Isroilga joʻnatiladi.

Biroq, nohukumat tashkilotlar, jumladan Amnesty International va Oxfam mahalliy boʻlimlari taʻʻminot zanjirida qatnashishi ham Niderlandiyani urushda ishtirok etishini anglatishini taʻʻkidlamoqda.

Bu ehtiyot qismlar "haqiqiy uylar va haqiqiy oilalarga haqiqiy bomba tashlash imkonini beradi", - dedi Oxfam Novib direktori Mishel Servaes.

Mavzuga aloqador