10.12.2024 07:34
Netanʻyaxu Joʻlan tepaliklarini "Isroilning ajralmas qismi" deb eʻʻlon qildi
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu Suriyaga tegishli boʻlgan Joʻlan tepaliklari abadiy “Isroilning ajralmas qismi” boʻlib qolishini eʻʻlon qildi. Isroil Suriyadagi vaziyatdan foydalanib, mintaqada muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan Hermon togʻini ham jangsiz bosib oldi.
1967 yildan beri Isroil ishgʻoli ostida boʻlgan Joʻlan tepaliklari "abadiy Isroilning ajralmas qismi boʻlib qoladi". Bu haqda Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu Joʻlan tepaliklari bilan bogʻliq matbuot anjumanida eʻʻlon qildi.
Netanʻyaxu Isroilning Joʻlan tepaliklarida harbiy jihatdan mavjudligi mamlakat "xavfsizligi va suverenitetini kafolatlaydi" deb taʻʻkidladi.
Netanʻyaxu AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp maʻʻmuriyati 2019 yilda Isroilning Joʻlan tepaliklaridagi suverenitetini tan olganini eslab oʻtdi va buning uchun Trampga minnatdorchilik bildirdi.
Isroil, shuningdek, Damashqdan 40 km uzoqlikdagi Hermon togʻini ham qoʻlga oldi. Sobiq sionist uchuvchi va publitsist Naftali Hazoni TsAXAL tomonidan ishgʻol qilingan Hermon togʻining strategik ahamiyati haqida soʻzladi.
Uning aytishicha, Isroil Suriyaning 2814 metrli eng baland togʻi hisoblangan Xermonni egallab, atigi 40 km uzoqlikdagi Damashqni osongina artilleriyadan oʻqqa tutish imkonini qoʻlga kiritdi.
Oʻnlab yillar davomida Isroilning shimoliy mudofaasi Suriyaning Hermon togʻi soyasida yotardi. Mintaqadagi eng muhim tabiiy qalʻʻa hozir Isroil qoʻlida. Isroil buni tinchgina amalga oshirdi, Suriyaning tashlandiq pozitsiyalariga oʻtib, ularni jangsiz qoʻlga oldi.
Ilgari Isroil radarlari Hermon togʻidan narigi va Livanning ayrim qismlarini Meron togʻidagi oʻz pozitsiyalaridan koʻrishga toʻsqinlik qiluvchi muhim koʻr nuqtaga ega edi. Eronning pastdan uchuvchi uchuvchisiz uchoqlari bu zaiflikdan foydalanib, Isroilga qayta-qayta kirib kelardi.
Endi esa Hermon togʻidagi Isroil radarlari Suriya va Livandan uzoqlarni koʻradi va pastlab uchuvchi samolyot va uchuvchisiz uchish apparatlari haqida erta ogohlantirish beradi. Isroil razvedkasi ham ushbu choʻqqidan foydalanib, kuzatuv oʻtkazish va dushman aloqalarini ushlab turish uchun sensorlarni joylashtirishi mumkin.
Togʻlar, shuningdek, Isroil qoʻmondonlari va aygʻoqchilari uchun ham ideal himoyalovchi boʻlib, ular endi Suriyaga erkinroq kirib, yashirin missiyalarni bajara oladi. Quyosh chiqqach, Hermon togʻi "Hizbulloh"ning Livan janubidagi qarorgohlariga soya solib, ularning Bekaa vodiysidagi shimoliy qoʻrgʻoniga olib boradigan asosiy yoʻlni toʻsib qoʻyadi. Xermon shimolidagi Hizbullohning bir qancha kontrabanda yoʻllari yopilgan. IShID, XTS, Eron yoki Hizbulloh boʻladimi, Isroil tomon oldinga siljayotgan dushman kuchlar endi Isroilning dronlari, er-er raketalari va lazer yordamida boshqariladigan bombalardan himoyasiz boʻladi. Shimoliy Isroil aholisi Isroil bu choʻqqini nazorat qilishini bilib, erkin nafas olishlari mumkin boʻladi.