12.03.2024 07:44

Netanyaxu ayrim arab etakchilari uni qoʻllab-quvvatlayotganini tan oldi

Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu ayrim arab etakchilari uni qoʻllab-quvvatlashini tan olib, ular Rafahga hujumni ham maʻʻqullashlarini taʻʻkidladi. "Ular buni [Rafahga hujumni] tushunishadi va hatto jimgina rozi boʻlishadi", dedi u.

Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu yaqinda AQSh prezidenti Rafahni “qizil chiziq” deb ataganiga qaramay, Gʻazo sektorining janubiy chegarasidagi Rafah shahriga bosqinni davom ettirish niyatida ekanini aytdi.

“Biz u erga boramiz. Bilasizmi, menda qizil chiziq bor. Qizil chiziq nima ekanligini bilasizmi? Bu 7 oktyabrning boshqa takrorlanmasligi. Bu boshqa hech qachon sodir boʻlmaydi”, - deya javob berdi Netanyaxu.

Isroil bosh vaziri ismlarini aniq tilga olmagan holda bir qancha arab etakchilarining uni qoʻllab-quvvatlashini, ular qamal ostidagi Falastinning Rafah shahriga hujumni ham soʻzsiz dastaklashini qoʻshimcha qildi.

"Ular buni tushunishadi va hatto jimgina rozi boʻlishadi, - dedi u Axel Springer nashri bilan suhbatda. - Ular HAMAS Eron terrorchilik oʻqining bir qismi ekanligini tushunishadi”.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Rafahni “qizil chiziq” deb atab, u erda mojaroning kuchayishiga qarshi ekani va Gʻazo sektorida 30 mingdan ziyod falastinlikning oʻlimini qabul qila olmasligini taʻʻkidlagan edi.

Mavzuga aloqador