11.03.2024 07:45

Bayden: Rafah qizil chiziq, biroq...

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilning 1,3 milliondan ortiq falastinliklar boshpana topgan Gʻazoning Rafah shahriga ehtimoliy bostirib kirishi uning “qizil chizigʻi” ekanini, biroq ushbu davlatga qurol-yarogʻ etkazib berishni toʻxtatmoqchi emasligini taʻʻkidladi.

AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, bosh vazir Benʻyamin Netanyaxu Gʻazodagi urushga munosabati bilan "Isroilga yordamdan koʻra koʻproq zarar keltirmoqda". U bu fikrini MSNBC telekanalida Jonatan Keyphartga bergan intervʻyusida oʻrtoqlashdi.

AQSh etakchisi 7 oktyabrdagi hujumdan keyin “Isroilning HAMASni taʻʻqib qilish huquqini” yana qoʻllab-quvvatladi, biroq Netanyaxu “koʻrilgan harakatlar natijasida hayotdan koʻz yumgan begunoh odamlarga koʻproq eʻʻtibor qaratishi kerakligini” taʻʻkidladi.

Qayd etish joizki, Bayden bir necha oy davomida Gʻazoda tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotgani sababli Isroil xalqaro yordamni yoʻqotish xavfi borligi haqida ogohlantirib kelmoqda va MSNBC telekanaliga bergan intervʻyusidagi soʻnggi ogohlantirishiz Netanyaxudan norozilik kuchayib borayotganiga ishora qilmoqda.

Bayden Gʻazodagi qurbonlar sonining koʻpligi haqida shunday dedi: “Bu harakatlar Isroil himoya qilayotgan narsaga ziddir. Va menimcha, bu katta xato”.

AQSh prezidenti Isroilning 1,3 milliondan ortiq falastinliklar boshpana topgan Gʻazoning Rafah shahriga ehtimoliy bostirib kirishi uning “qizil chizigʻi” ekanini, biroq qurol-yarogʻ etkazib berishni toʻxtatish niyatida emasligini taʻʻkidladi.

"Bu qizil chiziq, - dedi u Rafah haqidagi savolga javob berar ekan, - lekin men Isroilni hech qachon tashlab qoʻymayman. Isroilning mudofaasi juda muhim boʻlib qolmoqda, shu bois mudofaa uchun zarur boʻlgan barcha qurol-yarogʻlarni, shu jumladan Temir gumbaz tizimlarini etkazib berishni toʻxtatadigan qizil chiziq yoʻq".

Bayden oʻz murojaatini toʻgʻridan-toʻgʻri Isroil Knessetiga aytishga, shu jumladan, mamlakatga yana bir safar qilishga tayyorligini aytdi. Eslatib oʻtamiz, Bayden 7 oktyabrdan bir necha hafta oʻtib Isroilga tashrif buyurgan edi.

Taʻʻkidlash joizki, xalqaro bosimga qaramay, Isroil Gʻazoga bostirib kirish, jumladan, 1,3 milliondan ortiq falastinlik boshpana topgan Rafah shahriga hujumni davom ettirish rejasiga sodiq qolmoqda.

Ayni paytda, Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, qamal ostidagi eksklavda 31 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan, yuz minglab odamlar ochlikdan oʻlish xavfi ostida. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir.

Mavzuga aloqador