18.05.2024 11:16
NASA Saudiya Arabistoni yordamida Oyga chiqishni rejalashtirmoqda
Saudiya Arabistoni Oyga missiya joʻnatish va 2035 yilgacha 2 trillion dollarlik “global kosmik iqtisodiyot”ni yaratishga tayyorgarlik koʻrmoqda. NASAning maʻʻlum qilishicha, mazkur loyihadan asosiy maqsad kosmik markazning kelajagi va tijorat kompaniyalarini davlat dasturlari bilan birlashtirishdir.
Saudiya Arabistoni Kosmik agentligining Kosmik kelajak markazi Oyga missiya joʻnatish va 2035 yilgacha 2 trillion dollarlik “global kosmik iqtisodiyot”ni yaratishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
NASA maʻʻmuri Bill Nelson Ar-Riyodga tashrifi chogʻida AQSh kosmik agentligi rahbari «Asharq» telekanaliga bergan intervʻyusida bundan koʻzlangan maqsad kosmik markazning kelajagi va tijorat kompaniyalarini davlat dasturlari bilan birlashtirish ekanligini taʻʻkidladi.
Nelson, shuningdek, NASA xalqaro hamkorlar, yaʻʻni Saudiya Arabistoni yordami bilan yarim asrdan soʻng Oyga qaytishini tushuntirdi, deb yozadi Islamnews. Kosmik kelajak markazi 2024 yilning kuzida ochiladi.
Bu tashabbusdan soʻng Saudiya Arabistoni ham Saudiya hukumatining ragʻbatlantirishi tufayli kosmik sohada koʻplab startaplar paydo boʻlganiga guvoh boʻldi.