10.02.2024 11:37

Muqaddas milliy zulm

Misrliklarning mustamlakachilik, zulm ekspluatatsiyani tanqid qilish imkoniyati mustaqillik qoʻlga kiritilganiga qadar koʻproq va kuchliroq edi. Mustamlakachilar oʻrnini milliy hokimiyat egallagach esa, fuqarolarning imkoniyatlari, huquqlari va harakatlari koʻlami ancha qisqardi. Erkinliklar, huquqlar va burchlar ruhiga yoʻgʻrilgan konstitutsiyalar bilan mavjud achchiq voqelik oʻrtasida boʻshliq  hali ham bor va kengayib bormoqda. Hozir mavjud boʻlgani oldingisidan yomon, kelajakdagi esa ikkalasidan ham yomonroq. Misrning yaqin oʻtmishi, mustaqillikni qoʻlga kiritishi va undan keyingi davri – Azon Global nigohida.

XX asrning birinchi yarmida moddiy tanglikda yashayotgan arab kampir qishloq ziyolilaridan: “Bu qiyinchiliklar qachon tugaydi?” deb soʻrar, ular: “Mustamlakachilik tugab, mustaqillik kelsa”, deyisharkan.


Keyinchalik mustaqillik kelibdi, bayramlar qilinibdi, odamlar xursand boʻlib, koʻp yaxshiliklar kuta boshlashibdi. Lekin xalq, va albatta, boyagi kampirning hayotidagi mashaqqatlar avvalgidek davom etaveribdi. Endi u: “Qachon mustaqillik keladi?” deyish oʻrniga: “Qachon mustaqillik tugaydi?” deya soʻray boshlabdi.

Bu hikoya qahramoni mustamlakachilik oʻz ortida ikki narsani qoldirganini anglamagandi. Biri xalqning imkoniyatlaridan kattaroq muammolar; ikkinchisi esa bu muammolarni engib oʻtishga etarli imkoniyat yarata olmaydigan elita tabaqa edi.

MUSTAMLAKAChILIK GʻOYaSINING RIVOJLANIShI

Mustamlakachilikdan keyin kelgan bu elita tabaqa mustamlakachilik tugʻyonini ham meros qilib olgandi. Keyin bu tugʻyonni oshirib borib, mustamlakachilar ham qilishga botinolmagan “marralarga” erishdi. Bundan tashqari, mazkur elita tabaqa  avvalboshdan hukmronlik, siyosat va davlat boshqaruvida mustamlakachilarnikidek zakovatga ega emasdi. Zakovat va aql-idroksiz faqat tugʻyonning oʻzi hukmronlik qilsa, natija ikki narsadan iborat boʻladi: koʻproq zulm va koʻproq qashshoqlik.

Napoleon Bonapart boshchiligidagi Frantsiya boshqalardan oldin Misr va Shomni bosib olish bilan zamonaviy Evropa mustamlakachilik toʻlqinini boshlab berdi. Va bu toʻlqin yigirmanchi asr oʻrtalarida Falastin zaminida Isroilni qurish bilan tojlantirildi. Shundan beri mazkur mintaqa xalqlari uch jabhada kurash olib boryapti: mustamlakachilikdan ozodlik, zulmdan xalos boʻlish, ekspluatatsiyadan qutulish; yaʻʻni mustaqillik, erkinlik va ijtimoiy adolat.

Erishilgan yagona yutuq Evropa mustamlakachiligining barham topishi boʻldi. Lekin uning oʻrnini Amerika-Evropa gegemonligi egalladi. Bosqinchi kuchlar chiqib ketdi. Bosqinchilarning bevosita yoki bilvosita hukmronligi toʻxtadi. Ammo gʻarbning obʻʻektiv ustunligi yoki mustaqillikka erishgan yangi davlatlar Gʻarbning oziq-ovqatdan tortib, qurol-yarogʻgacha boʻlgan yordamiga muhtojligi sabab hukmronlik va nazorat qilish toʻxtamadi. Bu hol Gʻarb oʻrnini egallagan baʻʻzi elita tabaqa “gʻarb bilan murosa qilish” yoki “u bilan hamkorlik”ka moyil boʻlgani sababli davom etdi, deyish ham mumkin. Bu qoidadan chetga chiqqanlarning oldin harakatlari, keyin oʻzi sindiriladi, soʻng gʻarb gegemonligiga moslashish yoki boʻysunishni qabul qiladigan kishi hukmron boʻladi.

Amerika–Evropa gegemoniyasi mustamlakachilik gʻoyasini toʻgʻridan-toʻgʻri bosib olmay, hatto xalqlarning gʻururiga tegmasdan yoki ular endigina erishgan mustaqillikka til tekkizmasdan rivojlantirishni uddaladi. Mintaqadagi davlatlarini jismoniy majburlovsiz, harbiy, xavfsizlik, iqtisod va axborot almashtirish sohalaridagi shartnomalar bilan ipsiz bogʻlab qoʻydi. Bu bilan eski mustamlakachilik oʻrnini munosib ravishda egalladi.

Gegemonlik odat tusiga kirib, odamlarning undan bezovtalanmay yashashi manfaatdor ikki tomonga ham qoʻl keldi. Birinchi tomon – hukumatlar va kompaniyalar koʻrinishidagi Gʻarb. Ikkinchi tomon – boshqaruvchilar va ular atrofidagi ekspluatatorlar, tashqi gegemon kuch bilan ichki ekspluatator kuch oʻrtasidagi manfaatlar almashuvidan iqtisodiy, siyosiy manfaat koʻradigan toifalar.

XALQNI AHAMIYaTSIZLAShTIRISh

Tashqi gegemon kuchlar va ichki ekspluatator kuchlar 1952 yil 23 iyuldagi inqilobdan keyin hamda Misr bilan bosqinchi Angliya oʻrtasidagi 1954 yil 19 oktyabrda erishilgan (ingiliz harbiylarini) evakuatsiya qilish toʻgʻrisidagi kelishuvdan soʻng oxirgi ingliz askari 1956 yil 13 iyunda joʻnab ketganidan keyin Misrning birinchi konstitutsiyasiga eʻʻtibor qaratdi. Ushbu konstitutsiya 1956 yil 16 yanvarda, uch yil davom etgan oʻtish davridan soʻng eʻʻlon qilindi va 1956 yil 23 iyunda xalq referendumidan oʻtkazildi.

Konstitutsiyaning muqaddimasida shunday deyilgan: “Biz – Misr xalqi oʻz erkinligimiz va yashash huquqimizni tashqi bosqinchilar nazoratiga, ichki ekspluatatsiya hukmronligiga qarshi uzluksiz kurashish bilan tortib oldik.

Biz 1952 yil 23 iyul inqilobida, tarix davomida olib borgan kurashini buyuk gʻalaba bilan tojlantirgan va oʻsha kunning ertasigayoq taqdirini oʻz qoʻliga olgan xalqmiz.

Biz, oʻz oʻtmishidan oʻgit, bugunidan qatʻʻiyat olgan va qoʻrquvdan, muhtojlikdan, xoʻrlikdan xoli kelajak yoʻlini belgilagan Misr xalqi samarali harakat bilan farovon jamiyat quryapmiz. Uning soyasida esa mustamlakachilar va ularning malaylarini yoʻqotish, feodalizmga barham berish, hokimiyat ustidan monopoliya hamda kapitalizm nazoratini yoʻq qilish, kuchli milliy armiya tuzish, ijtimoiy adolat oʻrnatish, mustahkam demokratik hayotni barpo etish amalga oshadi.

Biz – Misr xalqi har bir inson bugun va ertangi kunda erkin yashash, eʻʻtiqod qilish, fikr yuritish huquqiga ega deb ishonamiz. Uning bu huquqlari ustidan aql va vijdondan boshqa hokimiyat yoʻq.

Biz – azizlik, adolat va tenglikni erkinlik va tinchlikning asl ildizlari sifatida ulugʻlaydigan Misr xalqimiz”.

Misrliklarning mustamlakadan etmish yil yoki undan ham oldinroq qoʻygan talablarini ifodalagan ushbu yozuvlar mustaqillikka erishganidan etmish yil oʻtganidan keyin ham bu xalqning istaklarini ochiqlash uchun yaroqlidir. Farqi shundaki, oldingi paytda misrliklarning mustamlakachilik, zulm ekspluatatsiyani tanqid qilish imkoniyati istiqlol davridagidan koʻra koʻproq va kuchliroq edi. Mustamlakachilar oʻrnini milliy hokimiyat egallagach esa, fuqarolarning imkoniyatlari, huquqlari va harakatlari koʻlami ancha qisqardi.

Agar bu matnlar milodiy 2056 yilda yozilajak yangi Konstitutsiyaning muqaddimasida qaytadan berilsa, 1956 yilgi birinchi Konstitutsiyadan 100 yil oʻtib ham xalqning orzu-umidlarini ifodalay oladi. Chunki bu xalq etmish yil oʻtib ham haqiqiy ozodlikka chiqmagan, qoʻrquvdan, muhtojlikdan va xorlikdan qutulmagan; azob-uqubatlari mustaqillik davrida ham turli koʻrinishlarda, milliylik bahonalari ostida davom etgan xalqdir. Shunchaki, bir boshqaruvchining oʻrniga boshqasi keldi va ekspluatatsiya shakllari oʻz mohiyatini saqlagan holda rivojlandi.

DAVLAT TUZOGʻI

Erkinliklar, huquqlar va burchlar ruhiga yoʻgʻrilgan konstitutsiyalar bilan mavjud achchiq voqelik oʻrtasida boʻshliq  hali ham bor va kengayib bormoqda. Hozir mavjud boʻlgani oldingisidan yomon, kelajakdagi esa ikkalasidan ham yomonroq.

Aksiga qarab siljish yoki ortga tisarilish qonuni erkinliklar, huquqlar va burchlarning mustahkamlanishdan toʻsib qoʻygan. Vaqt oʻtishi bilan holatlar oldinga yurish oʻrniga orqaga qarab ketyapti. Shunday qilib, har bir yangi bosqich avvalgisidan ham yomonlashyapti.

1919 yildagi inqilobdan keyingi birinchi konstitutsiyadan, 23 iyul inqilobidan keyingi birinchi konstitutsiyagacha, undan keyin 1952 yildagi soʻnggi konstitutsiyadan 2014 yildagi soʻnggi konstitutsiyaga va undan soʻng 2019 yildagi oʻzgartirishlarga qadar boʻlgan ushbu yuz yillik konstitutsiyaviy davrda (1923–2023) misrliklar er yuzidagi eng zoʻr konstitutsiyalarning yutuqlarini oʻzida jamlagan eng namunali konstitutsiyaga ega boʻldilar. Ammo bu konstitutsiyaviy rivojlanish voqelikda, misrliklarning real hayotida aks etmadi. Yaʻʻni Saad Zagʻlul oʻz hukumatining 1942 yil yanvaridagi birinchi nutqida aytganidek, hokimiyat va xalq oʻrtasidagi munosabatlarda odamlar hukmdorlarga askar qoʻmondoniga emas, oʻlja ovchisiga qaragandek qarashyapti.

Vatandosh nazarida davlat hamon bamisoli pistirma, qopqon, tuzoq, qamoqxona boʻlib, unga tushib qolmaslikka harakat qiladi. Uning uchun davlat shubha, qoʻrquv va ishonchsizlik manbai.

1923 yildan 2023 yilgacha boʻlgan konstitutsiyaviy yuz yildan 30 yili mustamlakichilik va podshoh Muhammad Ali Posho va uning sulolasi davri, keyingi 70 yili esa mustaqillik va respublika tuzumidagi prezidentlar davri edi.

Ikki davrning farqi quyidagicha: birinchi davrda 1919 yil inqilobining barakasi bilan xalq faol va koʻtarinki ruhda edi; ikkinchi davrga kelsak, 23 iyul inqilobi oʻz harbiy xarakteri bilan xalqni chetga surib qoʻydi.

Xalqning saylovchi sifatidagi mavjudligi birinchi davrda davom etdi. Chunki u parlamentar demokratiyaga, partiyalar oʻrtasida davriy saylovlarga asoslangan edi.

Xalqning bunday siyosiy kuch sifatida mavjudligi ikkinchi davrda qisqardi, hatto yoʻqolib ketdi. Chunki bu davr bir nechta nomzodlar oʻrtasidagi raqobat yoʻli bilan emas, faqat bitta nomzod referendum yoʻli bilan saylanadigan prezidentlik tizimiga asoslangan edi.

Bu yagona nomzod – prezidentlik lavozimidan kelib chiqib – parlament aʻʻzolarini tayinlaydi, keyin parlament aʻʻzolari uni nomzod qilib koʻrsatishadi. Bu erda jamoatchilik ishtiroki oʻzining eng yuzaki va ahmoqona koʻrinishlari bilan bemaʻʻnilikni anglatuvchi saylov shaklini bajarib berishdan boshqasiga yaramaydi.

Keyin bir nomzodlik tizimi shunday tizimga aylandiki, unda nomzod oʻzi bilan bir qatorda bir nechta yuzaki, shakliy nomzodlarni tanlaydi. Ular mustaqil, oʻzini nomzod qilib koʻrsatmaydi, balki ularni ushbu yagona nomzod tanlab, tayinlaydi hamda ularga aytadigan gaplari, qiladigan ishlarini belgilab beradi. Kim bu chegaradan chetga chiqsa, jazolanadi.

Ikki davr oʻrtasidagi farqning qisqacha mazmuni: birinchi davr, yaʻʻni 1923–1953 yillarda fuqaroning oʻzini boshqaradiganlarni tanlash huquqidan foydalanish kuchi oshgan edi; ikkinchi davr, yaʻʻni 1953–2023 yillar hukmdorlarning oʻzlari yaratgan muassasalarga oʻz xohishlarini bildirish orqali oʻzlarini tanlash qobiliyati oshdi. Bu muassasalar saylovchilardan ozchilik qatnashadimi yoki koʻpchilikmi, qolgan ishlarni oʻzlari toʻgʻirlashga masʻʻul boʻladi. Ishtirok kuchli yoki kuchsiz boʻlishining farqi yoʻq, har ikki holatda ham saylov natijalari maʻʻlum, avvaldan belgilab qoʻyilgan.

MISRNING ENG TAHLIKALI SANALARI

1952 yil 10 dekabrda Ozod zobitlar 1923 yilgi Konstitutsiyaning qulaganini eʻʻlon qilishdi, u misrliklar demokratiya oʻyinlarini oʻynay olgan yagona konstitutsiya edi. General-mayor Muhammad Najib shunday dedi: “Xalq oʻz maqsadlariga erisha olishi uchun yangi konstitutsiya tuzishdan boshqa chora yoʻq. Va u haqiqiy hokimiyat manbai boʻlishi kerak."

Faxriy siyosatchi, zobitlar qoʻmondonligi ostida bosh vazir boʻlishni qabul qilgan, foydalanib boʻlingach, uloqtirigan Ali Mohir Posho, shunday degandi: “1923 yilgi konstitutsiya XIX asr demokratiyasini ifodalaydi. Bu holi bilan yangi asrda qolishga ortiq yaramaydi”.

Mustamlakachilikdan keyingi milliy boshqaruv mustamlakachilikdan afzal emasligini tushunmagan oʻsha kampir kabi, general-mayor Muhammad Najib ham xalq hokimiyat asosi boʻlmasligini ham, hamma vakolat va hokimiyat birinchi va oxirgi manbai  prezident boʻlishini ham tasavvur qilmasdi.

Xuddi shuningdek, Ali Mohir Posho 1923 yilgi konstitutsiyaning muqobili oʻn toʻqqizinchi asr demokratiyasidan ham rivojlangan demokratiya emas, balki XX asr diktaturasi boʻlishini anglamagan edi.

Qusurli parlament demokratiyasidan gʻoyat qudratli prezident diktaturasiga oʻtishni oqlash, bu yangicha prezidentlik zulmini liboslari ostiga olishi uchun muqaddas vatanparvarlik hissiga murojaat qilish, uning ustini xalq qonunchiligi  bilan xaspoʻshlash lozim edi.

1956 yilda Misr eng tahlikali sanalarga guvoh boʻldi:

1. 13 iyunʻ. Britaniya kuchlarining evakuatsiya qilinishi;

2. 23 iyunʻ. Respublika prezidenti Jamol Abdunnosirning 99,9 foiz ovoz bilan prezident boʻlib saylanishi uchun  referendum oʻtkazilishi.

3. 26 iyunʻ. Suvaysh kanalining milliylashtirilishi.

4. 26 oktyabrʻ Misrga qarshi uchlik – Isroil, Britaniya, Frantsiya hujumi.

Bu toʻrt sana oraligʻida esa qoʻshnirnoq ichidagi muqaddas milliy zulm tugʻilishi uchun tarixiy vaqt belgilandi.

Mavzuga aloqador