05.07.2025 07:10
115

"Mossad" ofitseri Isroilning Eronga qarshi yangi rejasini oshkor qildi



Isroil Eronda fuqarolik urushini qoʻzgʻatib, fors davlatini zaiflashtirishi kerak. Bu haqda sionistlarning "Mossad" razvedka xizmatidagi yuqori martabali yahudiy Mordxay Kedar soʻz ochdi. 

Kedar mahalliy telekanallardan biriga bergan intervьyusida sionistlar Eron ichidagi turli etnik guruhlardan foydalanib, ularni qoʻzgʻatishi hamda fors davlatini qulatish rejasi haqida maъlum qilgan. 

Uning qoʻshimcha qilishicha, Eronga qarshi sionist rejimining bunday strategik chorasi har qanday qurolli toʻqnashuvga qaraganda samarali boʻlishi mumkin.

Maъlumot uchun, 2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" ikki tomonga ham qimmatga tushdi. The Wall Street Journal (WSJ) nashri yahudiy davlatining kunlik harbiy xarajatlari jangovar harakatlar shiddatiga qarab 800 million dollardan oshgani haqida yozdi. Faol operatsiyalarning dastlabki ikki kunida esa taxminan 1,45 milliard dollar sarflangan.

Mavzuga aloqador