15.12.2023 15:52

Moskvadagi harbiy bilim yurtlaridan birida namozxona ochildi

Moskva umumqoʻshin qoʻmondonlik oliy bilim yurtida musulmon talabalar uchun namozxona ochildi. Bu haqda Vesti.ru “RIA Novosti»ga tayanib xabar bermoqda.

Binolar Rossiya musulmonlari diniy idorasi mablagʻlari hamda xayriya xayriyalari hisobidan taʻʻmirlandi va jihozlandi.

Moskva muftiysi Ilʻdar Alyautdinov namozxonaning ochilishini muhim voqea deb atab, harbiy muassasalarda uchrayvermasligini taʻʻkidladi.

“Bu taʻʻlim muassasasida boʻlajak ofitserlarning nafaqat kasbiy mahoratini oshirish, balki maʻʻnaviy-axloqiy kamolotiga ham gʻamxoʻrlik qilishdan dalolatdir”, – dedi u.

Uning qoʻshimcha qilishicha, “oliy qoʻmondonlik tarkibini tayyorlash jarayonida diniy marosimlarni oʻtkazish imkoniyatining yaratilgani talaba va oʻqituvchilar oʻrtasida millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ular farz namozini qaerda oʻqish mumkinligi haqida bosh qotirmaydi”. Bundan tashqari, Ilʻdar Alyautdinov namozxona nafaqat musulmonlar, balki har qanday xodim yoki talaba uchun maʻʻnaviy yordam oladigan maskanga aylanishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga aloqador