Rossiya Qrim masjidlarini propaganda markazlariga aylantirmoqchi
Rossiya mahalliy musulmonlarni RF qurolli kuchlari jalb qilish maqsadida Qrim masjidlaridan propaganda markazlari sifatida foydalanmoqchi.
QIRIM.News xabariga koʻra, 2024 yil 4 yanvarʻ kuni Rossiya
tomonidan bosib olingan Qrim parlamenti spikeri Vladimir Konstantinov va
Qrimning Kremlʻ nazorati ostidagi muftiysi Emirali Ablaev oʻrtasida uchrashuv
boʻlib oʻtgan.
Olingan maʻʻlumotlarga koʻra, tomonlar qrim-tatarlarni Rossiya armiyasi
saflariga jalb qilish choralarini koʻrishni muhokama qilgan.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar quyidagi masalalar boʻyicha
kelishib oldilar:
▪ Qrimdagi masjidlarda har juma kuni Qrim tatarlarini Rossiya
armiyasida shartnoma asosida xizmat qilishga undash uchun targʻibot kampaniyalarini
oʻtkazish;
▪ Rossiya tashviqoti ommaviy axborot vositalari va Telegram
kanallarida qrim tatarlarining katta qismi Rossiya tomonida jangovar
harakatlarda qatnashishga tayyor degan fikrni tarqatish uchun kontent yaratish;
▪ Qrimdagi masjidlarda Rossiya armiyasida shartnoma boʻyicha harbiy xizmatni targʻib
qiluvchi Qrim-tatar tilida maxsus tayyorlangan risolalarni tarqatish boʻyicha
muntazam chora-tadbirlarni joriy etish (risolalarda Rossiya armiyasidagi shartnoma
boʻyicha harbiy xizmatchilar 250 ming rublʻ miqdorida maosh olishlari qayd etilgan).