18.04.2024 11:01

Moskva muftiysi Abu Bakr masjidi buzib tashlanganiga izoh berdi

Moskva muftiysi Ilʻdar Alyautdinov Troitsk shahridagi Abu Bakr masjidi buzib tashlanganiga izoh berar ekan, “Bu voqea musulmonlarning qalbida ogʻriq bilan aks-sado beradi”, dedi. Uning soʻzlariga koʻra, Yangi Moskvadagi “Ilm va eʻʻtiqod” musulmonlar jamoati masjidning “barcha talablarga javob beradigan yangi binosini qurishga tayyorgarlik koʻrmoqda”.

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi (rahbari – muftiy Ravil Gaynutdin) Troitskdagi “Ilm va iymon” musulmonlar jamoatiga tegishli namozxona (Abu Bakr masjidi) buzilishiga izoh berdi, deya xabar qilmoqda Islam News.

Moskva muftiysi Ilʻdar Alyautdinovning bayonoti Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan eʻʻlon qilindi.

"Internet maydonida Yangi Moskvadagi "Ilm va eʻʻtiqod" musulmonlar jamoati binosi buzilishi haqidagi xabarlar faol ravishda tarqalmoqda, - deyiladi muftiy bayonotida. - Boʻlib oʻtgan voqea iymonlilarning qalbida ogʻriq bilan aks-sado beradi, ayniqsa, jamoatning maʻʻrifiy tadbirlarda faolligi eʻʻtiborga olinsa. Ushbu jamoat aʻʻzolari Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan koʻplab loyihalarda ishtirok etishdi. Yaqindagina duolar qilingan, namozlar oʻqilgan, Haq taoloning amrlari yangragan binoning vayron boʻlganini oʻylash achinarli. Bunday xabarni qabul qilish qanchalik qiyin boʻlmasin, Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi buni tasdiqlaydi”.

Qayd etilishicha, bino sud qarori bilan buzilgan. Dindorlar ibodatlarni amalga oshirib kelgan bino belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan. Diniy boshqarma tomonidan bu masalani hal qilishga urinishlar boʻlgan, ammo “qurilishning dastlabki bosqichida qonunchilik talablariga rioya etilmagani uchun ijobiy natijaga erishib boʻlmagan”.

“Bu holat diniy jamoalar faoliyatini tashkil etish masalalarida qonunchilik talablariga rioya etish muhimligini yana bir bor taʻʻkidlaydi. Maʻʻlumki, “Ilm va eʻʻtiqod” jamoatchiligi vakillari oʻz kamchiliklarini tan olib, barcha talablar asosida yangi bino qurishga hozirdan tayyorgarlik koʻrmoqda. Hozirda Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi mavjud muammolarni hal qilish va yuzaga kelgan vaziyatga maqbul echim topish maqsadida shahar hokimiyati bilan konstruktiv muloqot olib bormoqda”, - deya qayd etdi Ilʻdar Alyautdinov.

Eslatib oʻtamiz, 16-17 aprelʻ kunlari Moskva viloyatida musulmonlarning ikkita namozxonasi buzib tashlandi. Ikkinchi bino Moskva chegaralaridan unchalik uzoq boʻlmagan boʻsh erda joylashgan boʻlib, Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi rahbari, muftiy Alʻbir Krganovning diniy nazorati ostida faoliyat koʻrsatgan «Doʻstlik» musulmon tashkilotiga tegishli edi. 

Mavzuga aloqador