Rossiya poytaxti Moskva shahrida keksa fuqarolar – 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun bepul arab tili kurslari tashkil etilmoqda. Mashgʻulotlar arab tilida soʻzlashuvchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ushbu kurslarning ochilishi aholi oʻrtasida arab tiliga boʻlgan qiziqish yuqoriligi bilan izohlandi.

Moskvaning Dorogomilovo tumanida keksa yoshli fuqarolar uchun arab tili darslari uyushtiriladi. Ushbu kurslar Moskva hukumati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadigan "Moskva uzoq umr koʻrish" loyihasi doirasida tashkil etilmoqdagan. Tegishli eʻʻlon Dorogomilovo tumani maʻʻmuriyati saytida eʻʻlon qilindi.

Darslar davomida talabalar arab tili asoslari va grammatikasini oʻrganishadi, shuningdek, chet el fuqarosi bilan muloqotni davom ettirish uchun etarli miqdorda leksik birliklarni oʻzlashtirishadi.

"Moskva uzoq umr koʻrish" davlat byudjet muassasasining Islam News nashriga maʻʻlum qilishicha, dasturda erkaklar (60+) va ayollar (55+) ishtirok etishlari mumkin.

Arab tilidan tashqari, bir qancha boshqa tillar, jumladan turk tilini ham tanlash mumkin. Mashgʻulotlar ona tili arab va boshqa tillar boʻlgan mutaxassislar tomonidan olib borilishi maʻʻlum qilindi. “Uzoq umr koʻrish” markazining qoʻshimcha qilishicha, 28 sentyabrʻ, shanba kuni mehmonlar kuni boʻlib oʻtadi va unda arab tilidagi master-klassda qatnashish mumkin.

Tashkilotchilar arab tilini oʻrgatish bejiz tanlanmagani, Moskva aholisi oʻrtasida ushbu tilga boʻlgan qiziqish yuqori ekanini taʻʻkidlamoqda. 

Mavzuga aloqador