14.02.2025 11:55

Moldova Kishinyovdagi "Rossiya uyi"ni yopdi



Moldova hukumati Rossiya tomonidan moliyalashtirilgan Kishinyovdagi madaniy markaz — "Rossiya uyi"ni yopishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi maъlumot berdi.

Qaror Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Moldova hududiga qulagani ortidan qabul qilingan. Prezident Mayya Sandu Moskva harakatlarini qoralab, bu holat Moldova fuqarolari xavfsizligiga tahdid solayotganini bildirdi.

Rossiya elchisi Oleg Ozerov vazirlikka chaqirtirilib, rasmiy tushuntirish talab qilindi. U esa uchuvchisiz uchoqlar Rossiyaga tegishli ekanligiga ishonchi komil emasligini aytdi.

Moldova bilan birga Ruminiya ham Rossiyaning Ukraina portlariga uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi. NATO aъzosi boʻlgan Ruminiya mudofaa vazirligi havo hududiga kirib chiqqan nomaъlum dronlarni qayd etganini maъlum qildi.

Bu Moldova hukumati tomonidan Rossiya taъsiriga qarshi qoʻyilgan navbatdagi qadam boʻldi. Avvalroq Ozarbayjon ham "Rus uyi"ni yopishga qaror qilgan edi.

Mavzuga aloqador