24.04.2024 09:36

Modining musulmonlarni “aygʻoqchilar” deb atab, byudjet pullarini ular uchun sarflamaslikka chaqirdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi saylovoldi uchrashuvida mamlakatda yashayotgan 202 million musulmonni yoppasiga “aygʻoqchilar” deb atab, “xalq boyligi”ni ular oʻrtasida taqsimlamaslikka chaqirdi. Muxolifat uni “nafrat qoʻzgʻatish” va saylov qoidalarini buzganlikda aybladi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi saylovoldi uchrashuvida musulmonlarni “aygʻoqchilar” deb atab, “xalq boyligi”ni ular oʻrtasida taqsimlamaslikka chaqirdi. Uning soʻzlariga koʻra, “Hindiston milliy konressi” (INC) muxolifat partiyasi boshchilik qilgan avvalgi hukumat aynan shunday qilgan.

“Sizningcha, mashaqqat bilan ishlab topgan pullaringizni aygʻoqchilarga berish kerakmi? Siz bunga rozi boʻlasizmi?" - deya olomonga murojaat qilgan Hindiston rahbari agar saylovda INC gʻalaba qozonsa, "pul koʻproq [musulmon] farzandlariga taqsimlanadi", - dedi.

Hukmron millatchi partiya vakillari koʻpincha musulmonlarni ular oʻrtasida tugʻilish koʻrsatkichlari yuqoriligi uchun tanqid qilib, kelajakda Hindistondagi musulmonlar soni hindu koʻpchiligidan koʻproq boʻladi, degan notoʻgʻri bashoratlarni keltirib oʻtadi.

BJP matbuot kotibi Gaurav Bxatia uzr soʻrashdan bosh tortib, Modining soʻzlari odamlarning fikrlarini aks ettirishi va u “narsalarni oʻz nomi bilan atashi”ni maʻʻlum qildi.

Bosh vazirning bu bayonotlari uning siyosiy raqiblari hamda butun fuqarolik jamiyatining keskin munosabatiga sabab boʻldi. Muxolifat Modini diniy ziddiyatlarni qoʻzgʻatishda va musulmonlar haqida yolgʻon fitna nazariyalarini tarqatishda aybladi.

Maʻʻlumot uchun, Hindistonda musulmonlar soni 202 million kishini yoki mamlakat aholining 14,4 foizini tashkil etadi. 

Mavzuga aloqador