27.11.2024 08:27
411
Misrda yaxta halokati natijasida koʻplab sayyohlar bedarak yoʻqoldi
Misrda oʻtgan yakshanba kuni Qizil dengiz qirgʻoqlarida halokatga uchragan sayyohlik yaxtasi yoʻlovchilarini qidirish ishlari davom etmoqda, deya xabar bermoqda “Al-Jazira” telekanali.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Sea Story kemasida 13 nafar ekipaj aʻʻzosidan tashqari Piramidalar yurtiga dunyoning turli burchaklaridan kelgan 30 dan ortiq sayyohlar boʻlgan.
Kemaga toʻsatdan kuchli oqim kelib urilgan va tez orada suv tubiga choʻkib ketgan. Hodisa Marsa al-Alam shahri qirgʻoqlari yaqinida sodir boʻlgan.
28 kishi suvdan qutqarib olingan. Ulardan barchasining ahvoli qoniqarli va kasalxonaga yotishdan bosh tortishgan. Biroq qolgan 16 yoʻlovchining taqdiri hozircha nomaʻʻlumligicha qolmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlariga oʻnlab odamlar jalb etilgan.