08.10.2025 09:51
132
Misrda bosqinchi isroil va HAMAS muzokaralari davom etmoqda
Bosqinchi isroil va Falastinning HAMAS qarshilik harakati urushni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarni boshladi.
Muzokaralar Donalьd Tramp ishlab chiqqan 20 moddadan iborat "tinchlik rejasi" doirasida amalga oshmoqda. Uchrashuv AQSh vositachiligida Qizil dengiz boʻyidagi Sharm-al-Sheyx kurortida boʻlib oʻtyapti.
Trampning rejasiga koʻra, urushni toʻxtatish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshadi:
Darhol oʻt ochishni toʻxtatish — har ikki tomon rejani rasman maъqullashi bilanoq amalga kiritiladi;
HAMASning qurolsizlanishi va Gʻazoni "radikalizmdan xoli hudud"ga aylantirish;
Garovdagilarni ozod qilish: 72 soat ichida HAMAS 48 nafar isroillikni (ulardan 20 nafari tirik deb hisoblanmoqda) qaytarishi kerak;
Sion-fashistlar ham falastinlik mahbuslarni ozod qiladi. Bu 250 nafar umrbod qamalgan va 1700 kishi, jumladan ayollar hamda bolalar qamoqdan chiqariladi;
Har bir qaytarilgan garovdagi uchun isroil 15 nafar falastinlikning jasadini qaytaradi;
isroil qoʻshinlari bosqichma-bosqich chiqariladi, ularning oʻrnini Xalqaro barqarorlik kuchlari (XBK) egallaydi.
Muzokarada ishtirok etayotgan AQSh delegatsiyasiga maxsus vakil Stiv Uitkoff rahbarlik qilmoqda. U bilan birga Trampning yaqin maslaxatchisi va sobiq kuyovi Jared Kushner ham Misrga etib kelgan.
HAMAS tomonidan muzokaralarda harakat rahbarlaridan biri Xalil al-Xayya ishtirok etyapti.
Tramp rejasida sektorda HAMAS ishtirokisiz vaqtinchalik maъmuriyat tuzilishi koʻzda tutilgan. Bu tuzilma falastinlik rasmiylardan iborat boʻladi va kundalik boshqaruv ishlarini olib boradi.
Oʻz navbatida, HAMAS vakillari qurolsizlanish shartlarini rad etmoqda. Harakat etakchilaridan Musa Abu Marzuk "qurollar faqat kelajakdagi Falastin maъmuriyatiga topshirilishi mumkin"ligini aytgan.
Boshqa bir vakil Usama Hamdan esa "xorijiy kuchlarning Gʻazoga kirishi qabul qilinmasligini" taъkidlagan.