03.06.2025 16:28
64

Misr Gʻazodagi urush oʻzining hududiga oʻtishidan xavotirda


Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shukri AQSh prezidentining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan telefon orqali muloqot qilib, Gʻazodagi urush keng koʻlamli mintaqaviy mojaroga aylanib ketishidan xavotir bildirdi. 

Suhbat chogʻida Shukri isroilning harbiy amaliyotlari mintaqadagi demografik xaritaning qayta chizilishiga olib kelishi hamda sionistlar falastinliklarni chegara tomon surib, Misr milliy xavfsizligiga tahdid solayotganini aytib oʻtgan.

Bundan tashqari, manbalarga koʻra, Qohira AQSh maъmuriyatining mojaroni hal qilishdagi yondashuvini ham tanqid qilgan. Jumladan, tinchlik muzokaralarining toʻxtab qolishida Vashingtonning ham aybi borligini yashirib oʻtirmagan.

Mavzuga aloqador