18.02.2025 16:35
261

Mirziyoev Quvayt valiahdi bilan uchrashdi



Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 fevralь kuni Al-Quvayt shahriga tashrif doirasida ushbu mamlakat valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Suhbat avvalida Mirziyoev valiahdga samimiy qabul va alohida eъtibor uchun minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish uchun platformani tez fursatda ishga tushirish, agrosanoat majmui, transport va logistika, sogʻliqni saqlash, taъlim, farmatsevtika, infratuzilma va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olingan.

Uchrashuvda «Markaziy Osiyo - Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» muloqoti doirasidagi tashabbuslarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eъtibor qaratilgani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador