31.05.2025 09:42
186

Migrantlar pravoslav qizlarga uylanib Rossiyani musulmonlashtirmoqchi – rus ruhoniysi



Rossiya pravoslav cherkovi ruhoniysi Kirill Ivanov YouTube kanlaidagi chiqishida muhojirlar pravoslav qizlarni oʻz nikohiga olib, Rossiyani musulmonlashtirb yuborayotganidan nolidi. 

Uning iddao qilishicha, migrantlar, ayniqsa radikallashganlari, bu yoʻl bilan oʻz maqsadlariga erishishga urinyapti. Ruhoniyning aytishicha, koʻplab rus qizlari musulmonlarga turmushga chiqib, Islom dinini qabul qilishga majbur boʻlyapti.

Ivanov yana, goʻyoki pravoslav qonunlariga koʻra, boshqa eъtiqoddagi, ayniqsa "Iso paygʻambarni Xudo sifatida tan olmaydiganlar bilan turmush qurish mumkinmasligi"ni qoʻshimcha qilgan.

Mavzuga aloqador