29.05.2024 16:10
Britaniya kitob yarmarkasi sionist homiysidan voz kechdi
Buyuk Britaniyaning Uells shahrida boʻlib oʻtayotgan HAY adabiyot festivali oʻzining bosh sionist homiysi Beyli Gifforddan voz kechdi. Bunga festivalda chiqishi rejalashtirilgan mualliflar va maʻʻruzachilarning ommaviy ravishda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab boʻlgan.
Xonanda Sharlotta Cherç va komediyachi Nish Kumar festivalda qatnashmagan. Ularning aytishicha, shu orqali Falastin xalqi bilan birdamlik va sanʻʻat tsenzurasiga qarshi noroziligini namoyon qilgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Fossil Free Books guruhi Gifforddan oʻz aktivlarini "bosqin, aparteid va genotsiddan foyda oladigan" kompaniyalardan ajratishni talab qildi. Bu talabga 700 dan ortiq yozuvchi va noshirlar imzo chekdi.
HAY Adabiyot festivali tashkilotchisi Julie Finch homiylik shartnomasini "faollarning talablari va nomaqbul mualliflarga nisbatan bosim ostida" tugatayotganini aytdi.
“Bizning ustuvor vazifamiz mualliflarimiz va kitobxonlarimizdir. Eng muhimi, biz soʻz erkinligi va turli fikrlarni eshitish mumkin boʻlgan erkin munozara uchun maydonni saqlashimiz kerak», - dedi u.
Festivalning mustaqilligini saqlab qolish uchun uning tashkilotchilari homiylikni almashtirishga qaror qilishdi.