05.06.2024 08:48
Masjidi Nabaviyda ziyoratchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun reja ishlab chiqildi
Islomning ikkinchi muqaddas maskani hisoblangan Madinadagi Masjidi Nabaviyga masʻʻul Saudiya Arabistoni maʻʻmuriyati millionlab namozxonlar uchun qulaylikni taʻʻminlash maqsadida joriy Haj mavsumi uchun olomonni boshqarishning samarali rejasini tuzdi. Unga koʻra, masjidga kirish va chiqishni taʻʻminlash uchun 60 ta yoʻlak, jumladan, 38 ta asosiy va 8 ta favqulodda vaziyatlar uchun yoʻlaklar ishga tushiriladi.
Oʻtgan haftada qariyb 7,8 million namozxon keksalar ham imkoniyati cheklangan hojilar uchun maqbul sharoitlar yaratilgan masjidda namoz oʻqidi, deb yozadi IslamNews GuslfNews’ga tayanib.
Xorijlik ziyoratchilar odatda Madinaga hajdan oldin yoki keyin tashrif buyurishadi. Minglab ziyoratchilar Haj ziyorati uchun muqaddas Makka shahriga joʻnab ketishdan avval Madina xalqaro aeroportiga qoʻnishadi va dastlab masjidga borib, Paygʻambarimiz Muhammad (S.A.V.) qabrini ziyorat qilishadi.
Maʻʻlumot uchun, shu oyda Saudiya Arabistonida dunyoning turli burchaklaridan 2 milliondan ortiq musulmon Haj ziyoratini ado etishi kutilmoqda.