02.06.2025 10:45
408

Marokashda Qurbon hayitida qurbonlik qilish bekor qilindi

Podshoh Muhammad VI 2025 yilda hayvon soʻyish marosimini vaqtincha toʻxtatishga qaror qildi. Bu tarixiy qurgʻoqchilik bilan izohlandi va jamoatchilikda norozilik hamda diniy muhokamalarga sabab boʻldi.

Marokash tarixda ilk bor qurbonlik soʻyishni bekor qildi. Bunga olti yillik kuchli qurgʻoqchilik va chorva mollari narxining oshib ketishi sabab boʻldi.

Podshoh fuqarolarni Qurbon hayitini duo va xayr-saxovat orqali nishonlashga chaqirdi hamda ular nomidan qurbonlik soʻyishga vaъda berdi.

Hukumat hayvon savdosini taqiqladi va qator uylarda chorva mollarilarni musodara qilish uchun tintuvlar oʻtkazdi. Bu esa kuchli norozilik va ommaviy yu namoyishlarga olib keldi.

Eslatib oʻtamiz, Marokash Isroilning yaqin ittifoqchilaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Marokash Isroildan harbiy texnikalar sotib oladi, Isroilga yoʻl olgan va Gʻazodagi qirgʻinlarda qoʻllanilishi rejalashtirilgan qurol-yarogʻ, bombalar ortilgan kemalarga portlariga kirib, yoqilgʻi quyib olishiga ruxsat beradi. 2024 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 53,2 million dollarga etgan.

Mavzuga aloqador