23.01.2025 14:37

Marokash va Isroil oʻrtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda - Atlantika Kengashi



Marokash va Isroil oʻrtasidagi hamkorlik yanada chuqurlashmoqda. 2020 yilda Marokash Heron dronlarini sotib oldi va 2024 yilda ularni ishlab chiqaradigan zavod qurilishini eʻʻlon qildi. Shuningdek, mamlakat SkyLock va Barak MX raketani ham sotib oldi.

Gʻazodagi urush davrida Marokash 1 milliard dollarga aygʻoqchi sunʻʻiy yoʻldosh sotib olishni rejalashtirmoqda. 2024 yilning boshida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 53,2 million dollarga etdi, bu 2023 yilga qaraganda 64 foizga koʻp.

Marokash va Isroil oʻrtasidagi hamkorlik 1960 yillardan boshlangan boʻlib, 1986 yilda qirol Hasan II va Isroil bosh vaziri Shimon Peres oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin rasmiylashtirilgan.

https://t.me/azon_global/5866
Marokash Isroil aerokosmik kontsernidan 1 mlrd dollarga aygʻoqchi sunʻʻiy yoʻldosh sotib olishni rejalashtirgandi. Bundan tashqari, Ispaniyadan yoqilgʻi va oziq-ovqat gʻamlash soʻroviga rad javobini olgan Isroil harbiy kemasini Marokash qabul qilgan.