05.12.2023 21:22

Isroil oʻz fuqarolari uchun borish xavfli boʻlgan davlatlar roʻyxatini yangiladi

Isroil hukumati oʻz fuqarolariga sayohatga borish xavfli boʻlgan davlatlar roʻyxatini yangilab, isroilliklarni zarurat boʻlmasa, xorijiy sayohatlarga chiqmaslikka chaqirdi.
Roʻyxatdagi Gʻarbiy Evropaning koʻplab davlatlari, jumladan Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya, Janubiy Amerikaning baʻʻzi mamlakatlari, xususan Argentina va Braziliya, shuningdek, Avstraliya va Rossiya uchun sayohat ogohlantirish darajasi 2 ga koʻtarilgan.
Bundan tashqari, Afrikaning bir qancha mamlakatlari (jumladan, Janubiy Afrika va Eritreya) va Markaziy Osiyo davlatlari (jumladan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston) uchinchi darajaga koʻtarilib, zarur boʻlmagan sayohatlarni qayta koʻrib chiqish tavsiya qilingan.
Mamlakat Milliy xavfsizlik kengashining bu haqdagi bayonotida Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari tufayli "Dunyo boʻylab isroilliklar va yahudiylarga qarshi zoʻravonlik hamda antisemitizm kuchaygan"i maʻʻlum qilinib, isroilliklardan sayohatlari chogʻida ehtiyot choralarini kuchaytirishlari soʻralgan.
Ushbu davlatlarda ayni paytda boʻlib turgan fuqarolarga ham qoʻshimcha ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya qilingan.
Bundan tashqari, bayonotda "namoyish va noroziliklardan uzoqroq turish, hushyor boʻlish va atrofda roʻy berayotgan voqealarga eʻʻtibor berish" tavsiya etilgan hamda isroilliklarga "Isroil va yahudiy ramzlarini ochiq koʻrsatishdan qochish" soʻralgan.