03.02.2025 10:48

Manchesterda Qurʻʻonni yoqib yuborgan erkak hibsga olindi



2 fevral kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida Qurʻʻonni yoqib yuborgan 47 yoshli erkak hibsga olindi. Bu haqda Arab News nashri xabar bermoqda.

Hodisa 2017 yilda Manchester arenasi portlashi qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan Glade of Light yodgorligi yaqinida sodir boʻlgan. Jinoyatchi Qurʻʻon sahifalarini yirtib tashlab, birma-bir yoqqan va bu harakatini ijtimoiy tarmoqlarda jonli efir orqali namoyish etgan.

Guvohlarning aytishicha, hibsga olingan shaxs bu paytda Isroil bayrogʻini qoʻlida ushlab turgan. Manchester politsiyasi uni shu kuniyoq hibsga olganini tasdiqladi. U "irqiy nafrat tufayli jamoat tartibini buzish" ayblovi bilan qoʻlga olingan.

Manchester politsiyasi konstebli yordamchisi Stefani Parker bu harakatlar jamiyatda tashvish uygʻotganini taʻʻkidlab, shunday dedi:
"Biz soʻz erkinligini hurmat qilamiz, ammo u qoʻrqitish va nafratga aylanganida, zudlik bilan chora koʻramiz."

Jinoyatchining ismi oshkor etilmagan va hozirda u hibsda saqlanmoqda.

Mavzuga aloqador