Malida «Vagner» XHK otryadiga hujum qilindi: 12 asir, 53 qurbon
Malida jangarilar Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi otryadiga hujum uyushtirdi. XHK bayonotida aytilishicha, jang 5 kun davom etgan va oxirgi xabarnomada uch kishi qarshilik koʻrsatayotgani bildirilgan. Manbalar 12 nafar harbiy asirga olingani, 53 nafari oʻldirilganini maʻʻlum qildi. Xususan, Prigojinning oʻrinbosari, uning oʻlimidan soʻng XHKga rahbarlik qilgan Anton Elizarovning ham asirga olingani aytildi.
Malida jangarilar
Rossiyaning “Vagner” xususiy harbik kompaniyasi harbiy qismiga hujum qilishi
natijasida koʻp sonli yollanma askarlar halok boʻlgan, ayrimlari asirga olingan.
Bu haqda guruhning “Razgruzka Vagnera” telegram kanalida eʻʻlon qilingan
bayonotida aytiladi.
Qayd
etilishicha, besh kun davom etgan shiddatli toʻqnashuvlar 22 iyulʻ kuni Tin Zautin
yaqinida boshlangan. Azavad muvofiqlashtiruvchi harakati (SMA) va Saheldagi
Al-Qoida (JNIM) terrorchilik guruhi FAMa (Mali Qurolli Kuchlari) askarlari hamda qoʻmondon
Sergey Shevchenko (“Prud” laqabli, jangda halok boʻlgan) boshchiligidagi “Vagner”ning
13-hujum otryadi jangchilariga qarshi hujumda ming nafar jangari ishtirok etgan.
Bayonotda
aytilishicha, dastlab Shevchenko guruhi dushman hujumiga muvaffaqiyatli qarshilik
koʻrsata olgan, u jiddiy yoʻqotishlarga uchrab, orqaga chekingan. Biroq qum boʻroni sharoitida
jangarilar qayta toʻplanib, sonini oshirishga muvaffaq boʻlgan. Ular, shuningdek,
ogʻir qurollar, uchuvchisiz uchoqlar va xudkushlik vositalaridan foydalangan holda XHK
pozitsiyalariga ommaviy hujumlarni kuchaytirgan. Bu "Vagner va FAMa askarlarining
yoʻqotishlariga olib kelgan.
"”Vagner”
guruhidan soʻnggi radiogramma 27 iyulʻ kuni soat 17:10 da keldi: "Uchchalamiz
qoldik, jangni davom ettiryapmiz", - deya xabar yuborgan guruh. Vagnerchilar oʻlganlarning
aniq sonini keltirmagan, biroq “Eni Shafaq” nashri 53 nafar yollanma askari halok
boʻlgani, 12 nafari asirga olinganini maʻʻlum qildi.
Shuningdek,
“Vagner” XHK asoschisi va sobiq rahbari, samolyot halokatida halok boʻlgan Evgeniy
Prigojinning oʻrinbosari, ayni paytda XHK
etakchisi hisoblangan Anton Elizarov ham asirga tushgani, biroq keyinchalik tezkor
ravishda qoʻyib yuborishgani maʻʻlum qilindi. Ushbu xabar oʻz tasdigʻini topmagan.