05.08.2024 09:30

Mali jangarilar bilan jangdagi magʻlubiyatda Ukrainani aybladi

Mali iyulʻ oyida hukumat qoʻshinlarining jangarilar bilan jangdagi ogʻir magʻlubiyatida yuqori martabali ukrain amaldorlari muhim rolʻ oʻynaganini taʻʻkidlab, Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzishini maʻʻlum qildi.

Mali iyulʻ oyida Kievni hukumat qoʻshinlarining jangarilar bilan jangdagi ogʻir magʻlubiyatida yuqori martabali ukrain amaldorlari muhim rolʻ oʻynaganini tan olishga chaqirib, Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzishini maʻʻlum qildi, deya xabar berdi Arab News.

Mali "zudlik bilan" aloqalarni uzadi, dedi hukumat matbuot kotibi polkovnik Abdulay Mayga.

Mali hukumati Ukraina harbiy razvedka agentligi GUR matbuot kotibi Andrey Yusovning soʻzlaridan hayratda qoldi, deya qoʻshimcha qildi Mayga.

Yusov "Ukrainaning qurolli terrorchi guruhlarning qoʻrqoq, xoin va vahshiylarcha hujumida ishtirok etganini tan oldi”, dedi Mayga. U mazkur hujum Mali askarlarining oʻlimiga olib keldi, deya qoʻshimcha qildi.

Ukraina televideniesi orqali soʻzlagan Yusovning aytishicha, butun dunyo isyonchilar “Rossiya harbiy jinoyatchilariga qarshi operatsiya oʻtkazish imkonini bergan zarur razvedka maʻʻlumotlarini olgani”ni biladi.

Ukrainaning xatti-harakatlari Mali suverenitetini buzdi hamda qabul qilib boʻlmaydigan chet el aralashuvi va xalqaro terrorizmni qoʻllab-quvvatlashdir, deyiladi Mayga bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, 25 iyulʻ kuni Jazoir chegarasi yaqinida Tinzauatendagi harbiy lagerda uch kunlik shiddatli janglar boshlandi. Tuareg boshchiligidagi ayirmachilar payshanba kuni “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 84 nafar yollanma askari hamda Mali hukumat qoʻshinlarining 47 nafar harbiysi oʻldirilganini maʻʻlum qildi.

Juma kuni AFP tomonidan eʻʻlon qilingan videoda Mali bosh vaziri Choguel Kokalla Mayga Tinzauaten «jangida» yutqazganliklarini tan oldi. U Mali armiyasi janglar paytida "koʻp sonli" oʻlimga duchor boʻlganini tan oldi, ammo raqamlarni oshkor qilmadi.

Shu haftada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov malilik hamkasbi Abdulay Diop bilan telefon suhbatida Bamakoni qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor taʻʻkidladi.

2020 yilda davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni qoʻlga kiritgan Gʻarbiy Afrika davlatining harbiy etakchilari butun mamlakatni Al-Qoida hamda “Islomiy davlat” guruhiga aloqador boʻlginchilar va jihodchi kuchlardan qaytarib olishni ustuvor vazifa qilib qoʻygan.

Polkovnik Assimi Goita boshchiligida xunta sobiq mustamlakachi Frantsiya bilan anʻʻanaviy ittifoqini buzdi va Rossiyaga yuzlandi.

Mavzuga aloqador