Malayziya Isroilni BMTdan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasi ustida ishlamoqda
Malayziya “Falastin bilan bogʻliq masalalarda qonunlar, qoidalar va qarorlar buzilgan boʻlsa” Isroilni jahon tashkilotidan chiqarib yuborish taklifni oʻz ichiga olgan rezolyutsiyani ishlab chiqmoqda. “Bu Isroil rejimining vahshiyliklarini toʻxtatib, Falastin xalqiga hayotiy yordam etkazilishiga xizmat qiladi”, - deya taʻʻkidladi mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohim.
Malayziya bosh
vaziri Anvar Ibrohimning maʻʻlum qilishicha, uning mamlakati BMT Bosh Assambleyasi
uchun Isroilni tashkilot aʻʻzoligidan mahrum etish koʻzda tutilgan rezolyutsiya
loyihasini tayyorlamoqda. Rezolyutsiyada “Agar Falastin bilan bogʻliq
masalalarda qonunlar, qoidalar va qarorlar buzilgan boʻlsa” Isroilni jahon
tashkilotidan chiqarib yuborish taklif etiladi.
Dushanba kuni Anvar Ibrohim parlamentdagi chiqishida rezolyutsiya
loyihasi hozirda muhokama qilinayotgani va tez orada BMT Bosh Assambleyasiga
tasdiqlash uchun taqdim etilishi kutilayotganini aytdi.
“Biz Isroil xalqaro qonunlarni buzsa, uni BMTdan chiqarib
yuborish imkoniyatini oʻrganyapmiz”, dedi Malayziya bosh vaziri.
Anvar Ibrohimga koʻra, inson huquqlarini buzayotgani uchun Isroilning
BMTdan chiqarib yuborilishini oʻz ichiga olgan hal qiluvchi choralar imkon qadar
tezroq koʻrilishi kerak.
“Malayziya kun tartibi tinglanishi va tegishli eʻʻtiborga
olinishini taʻʻminlaydi. Bu Isroil rejimining vahshiyliklarini toʻxtatib, Falastin
xalqiga hayotiy yordam etkazilishiga
xizmat qiladi”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Ushbu
qaror xalqaro miqyosda Isroilning
oʻz nazorati ostidagi hududlarda BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga yordam va Ishlar
Agentligi (YuNRVA) faoliyatini taqiqlash
qarorini qoralash kuchayib borayotgan bir paytda amalga eʻʻlon qilindi.
U, shuningdek, rezolyutsiya YuNRVA uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qilishini, u Gʻazo, Gʻarbiy Sohil,
Iordaniya, Livan va Suriyada
yashayotgan 6 millionga yaqin falastinlik
qochqinlarga muhim xizmatlar koʻrsatishda davom etishini taʻʻkidladi.
“Malayziya Gʻazoga 100 million RM (23,3 million AQSh dollari)
dan ortiq naqd pul miqdorida insonparvarlik yordamini ham etkazadi”, — deya qoʻshimcha qildi
u.