12.02.2025 16:52
Makron Trampning Gʻazo boʻyicha rejasini tanqid qildi
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Trampning falastinliklarni Gʻazo sektoridan chiqarish rejasini keskin tanqid qildi. Uning taъkidlashicha, 2 million odamni oʻz yurtidan koʻchirish insoniylikka zid.
"Siz 2 million odamga: 'Xoʻsh, endi nima deb oʻylaysiz? Siz koʻchasiz', deb ayta olmaysiz", — dedi Makron CNN telekanaliga bergan intervьyusida.
U Gʻazoni qayta qurishga boʻlgan har qanday yondashuv mahalliy aholining xohish-irodasini inobatga olishi kerakligini va Iordaniya hamda Misr koʻp sonli qochqinlarni qabul qilishni istamasligini taъkidladi.
"Men [Isroil] Bosh vaziri Netanyaxu bilan kelishmovchiligimni doim takrorlaganman. Yana bir bor aytamanki, tinch aholini nishonga olgan bunday keng koʻlamli operatsiya toʻgʻri echim emas", — dedi Makron.
Frantsiya Isroilga qurol eksport qilishni toʻxtatdi
2024 yil oktyabr oyida Frantsiya Isroilga qurol etkazib berishni toʻxtatganini eъlon qildi. Makron boshqa davlatlarni ham shunday yoʻl tutishga chaqirdi.
Ispaniya, Italiya, Sloveniya va Irlandiya Frantsiyaning Isroilga qarshi qurol embargosini qoʻllab-quvvatladi.