Makka va Madinada iftorliklar masjidlar tashqarisida oʻtkaziladi
Saudiya Arabistoni hukumati sanitariya meʻʻyorlari sababli masjidlar ichida iftorlik oʻtkazish taqiqlanganidan soʻng Makka va Madina shaharlaridagi iftorliklar masjidlar tashqarisida oʻtkazilishi maʻʻlum qilindi. Shuningdek, imom va muazzinlarga Ramazon oyida iftorlik uyushtirish uchun moddiy ehson yigʻish cheklandi.
Saudiya
Arabistonining Ikki masjid bosh boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan yangi
elektron portalda RAmazon oyida Makka va Madinadagi masjidlarda iftorlik uyushtirish
uchun ariza topshirish imkoniyati yaratilgani maʻʻlum qilindi.
Yangi portal
Saudiya Arabistoni rasmiylari yangi sanitariya meʻʻyorlari tufayli masjidlar ichida
iftorlik oʻtkazish taqiqlangani haqida eʻʻlon qilganidan bir necha hafta oʻtib ishga
tushdi, deb yozadi IslamNews Middle East Monitor nashriga tayanib.
Islom
ishlari vazirligi “Masjidlar tozaligiga eʻʻtibor qaratilayotgani sababli ular
ichida iftorlik oʻtkazilmasligi” haqida bayonot berdi.
“Imom va
muazzinlar iftorlik uchun masjidlar hovlisidan munosib joy topishlari kerak. Buning
uchun vaqtinchalik inshootlar yoki chodirlar oʻrnatilmasligi kerak”, — deyiladi
rasmiylar bayonotida. Shuningdek, imom va muazzinlarning Ramazon oyida iftorlik
uyushtirish uchun moddiy ehson yigʻishni cheklash toʻgʻrisidagi farmonlar chiqarildi.