Liviyada qurolli guruhlar va hukumat Tripoli xavfsizligini taʻʻminlashga kelishib oldi
Liviyada oxirgi ikki oyda vaziyat keskinlashdi. Poytaxt Tripoli yaqinida qurolli toʻqnashuvlar roʻy berdi, Markaziy bankni 12 yildan buyon boshqarib kelayotgan Siddiq Al-Kabir isteʻʻfosini talab qilgan qurolli shaxslar MB bosh idorasiga hujum qildi. Tomonlar xalqaro hamjamiyat bosimi ostida Tripolidagi muhim davlat idoralari xavfsizligini taʻʻminlashga kelishib oldi. Ayni paytda mamlakat BMT tan olgan Abdulhamid Dbeyba hukumati va sharqni nazoratga olgan harbiy etakchi Xalifa Xaftar tomonidan ikkiga boʻlingan.
Liviyada
qurollangan guruhlar va rasmiy hukumat poytaxt Tripolida muhim infratuzilma
obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash boʻyicha kelishuvga erishdi, dedi juma kuni
mamlakat ichki ishlar vaziri BMTning yaqindagi jangovar harakatlar va mamlakat markaziy
banki bilan bogʻliq inqirozdan xavotir bildirganidan soʻng.
6,8
million aholiga ega Shimoliy Afrika mamlakatini uzoq yillar boshqargan diktator
Muammar Qaddafiy 2011 yilda NATO tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qoʻzgʻolon ortidan
hokimiyatdan agʻdarilgan edi.
Mamlakat
hozirda poytaxt Tripolidagi BMT tomonidan tan olingan bosh vazir Abdulhamid Dbeyba
hukumati hamda sharqda harbiy etakchi Xalifa Xaftar tomonidan
qoʻllab-quvvatlanadigan raqib maʻʻmuriyati oʻrtasida boʻlingan.
"Mudofaa
vazirligi bilan kelishilgan holda Tripolidagi barcha xavfsizlik xizmatlarini
birlashtirdik hamda aeroportlar va quruqlikdagi chegaralarni, shuningdek,
poytaxtdagi hukumat (muassasalar) shtab-kvartiralarini himoya qilish boʻyicha
kelishuvga erishdik", dedi BMT tomonidan tan olingan hukumatning ichki ishlar
vaziri Imad Trabelsi.
Qurolli
guruhlar va xavfsizlik xizmatlari kelishuvni kuchga kiritishga “zudlik bilan
tayyorligini bildirdi”, deya qoʻshimcha qildi u.
"24
soat ichida barcha hukumat binolarini, shu jumladan Liviya Markaziy banki binosini
qoʻriqlaymiz", deya qoʻshimcha qildi u.
Bankni
2012 yildan buyon boshqari kelayotgan Siddiq Al-Kabir bosh vazirga yaqin shaxslar
tomonidan Liviya neftʻ resurslari va davlat byudjeti masalasida tanqid qilingan
edi.
Seshanba
kuni BMTning mamlakatdagi siyosiy missiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Stefani
Xuri BMT Xavfsizlik Kengashiga “Liviyadagi vaziyat oxirgi ikki oy ichida keskin
yomonlashgani”, Tripoli atrofida qurollangan guruhlar bilan toʻqnashuvlar boʻlib oʻtganini
maʻʻlum qilgan edi.
BMT missiyasi
(YuNSMIL) payshanba kuni tomonlarni vazminlikka chaqirib, "Tripolida kuchlar
safarbar etilgani haqidagi xabarlar, jumladan, Liviya Markaziy banki atrofidagi
inqirozni hal qilish uchun kuch ishlatish tahdidi"dan jiddiy xavotir bildirdi.
Payshanba
kuni kechqurun AQSh elchixonasi ham bank atrofidagi keskinlik oshgani, masalani kuch
bilan hal qilishga urinish tashkilot yaxlitligi va uning jahon moliya tizimidagi
mavqeiga taʻʻsir qilishini bildirdi.
Taxminan
ikki hafta oldin bir necha oʻnlab odamlar, baʻʻzilari qurollangan holda, bank
shtab-kvartirasi oldiga yigʻilib, Kabirning isteʻʻfosini talab qilishdi.
Oʻtgan
yakshanba kuni esa bankning IT direktori nomaʻʻlum guruh tomonidan qisqa muddatga
oʻgʻirlab ketilgan va bu muassasani ozodlikka chiqqunga qadar faoliyatini
toʻxtatishga majbur qilgan.