12.03.2024 10:08

Liviya etakchilari yangi qoʻshma hukumat tuzishga kelishib oldi

2011 yildagi tartibsizliklardan buyon tinchlikka erisha olmayotgan Liviyaning uch asosiy etakchisi Arab Ligasi bosh kotibi taklifi bilan Misr poytaxtida uchrashdi. Ular birgalikdagi bayonotida “bahsli masalalarni koʻrib chiqish uchun” texnik qoʻmita tashkil etish va qoʻshma yangi qoʻshma hukumat tuzishga roziliklarini bildirdi.  

Liviyaning asosiy uch etakchisi yakshanba kuni kechiktirilgan saylovlarni nazorat qiluvchi yangi qoʻshma hukumat tuzish «zarurligi» toʻgʻrisida kelishib olishganini maʻʻlum qildi, deb yozmoqda Yenisafak nashri.

Liviyada oʻn yildan ortiq davom etayotgan mojaroni hal qilish boʻyicha siyosiy jarayon 2021 yil dekabriga belgilangan saylovlar asosiy nomzodlarning qonuniy huquqqa egalik masalasidagi kelishmovchiliklar tufayli barbod boʻlganidan keyin toʻxtab qolgandi.

Tripolida boʻlgan Prezident kengashi (PK) raisi Muhammad Manfiy, Oliy davlat kengashi (ODK) rahbari Muhammad Takala va Bingʻozidagi Vakillar palatasi (VP) spikeri Agila Solih Qoʻshma bayonotda BMTning Liviyadagi missiyasi va xalqaro hamjamiyatni takliflarini qoʻllab-quvvatlashga chaqirib, "bahsli masalalarni koʻrib chiqish" uchun texnik qoʻmita tuzishga rozi ekanliklarini maʻʻlum qilishdi.

Etakchilar Qohirada Arab Ligasi davlatlari bosh kotibi Ahmad Abul Gʻiyt taklifiga binoan uchrashdi. "Bugun kelishilgan chora-tadbirlar juda muhim boshlanish, deb hisoblaymiz. Bu liviyaliklarning saylov oʻtkazish istagiga mos keladigan natijalar", dedi Manfiy uchrashuvdan soʻng matbuotga.

Manfiy 2021 yilda bosh vazir Abdulhamid al-Dbayba boshqaruvida BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlangan milliy birlik hukumati (MBH) tuzilganida hokimiyat tepasiga keldi, biroq mamlakat parlamenti uning qonuniyligini tan olmadi.

Liviyadagi mojaroni hal qilishga qaratilgan xalqaro diplomatiya ayni vaqtda faoliyat koʻrsatayotgan vaqtinchalik siyosiy institutlar, jumladan, Prezidentlik kengashi, Oliy davlat kengashi va Vakillar palatasi oʻrnini egallashi kerak boʻlgan parlament va prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga asosiy eʻʻtibor qaratmoqda.

Liviya 2011 yilda NATO tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va sobiq etakchi Muammar Qazzofiyning oʻlimi bilan yakun topgan tartibsizliklardan beri tinchlikka erisha olgani yoʻq. Mamlakat 2014 yilda sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketdi, ularning har biri raqib hukumatlar tomonidan boshqariladi.

Mavzuga aloqador