Turk firmalari Afrikada qiymati 85 mlrd dollardan oshiq loyihalarni amalga oshirmoqda
turk tashkilotlari 2023 yil oxirigacha Afrikada 85,4 mlrd dollarlik 1864 ta loyihani amalga oshirdi. Turkiya-Afrika savdosi 2003 yildagi 5,4 mlrd dollardan 2022 yil oxiriga kelib qariyb 41 mlrd dollarga oʻsdi. Bu koʻrsatkich 2023 yilda 50 mlrd dollarga etishi kutilmoqda.
Turkiya tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEIK)
maʻʻlumotlariga koʻra, turk tashkilotlari 2023 yil oxirigacha Afrikada 85,4 mlrd dollarlik 1864 ta
loyihani amalga oshirdi. Turk kompaniyalari qitʻʻaga 10 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritib,
100 mingdan ortiq afrikaliklarni ish bilan taʻʻminlamoqda.
Qayd
etilishicha, Afrika davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlagan Turkiya oʻzini sobiq mustamlakachi
davlatlardan koʻra adolatli oʻyinchi sifatida koʻrsatmoqda.
Diplomatik saʻʻy-harakatlar tufayli Turkiya-Afrika savdosi
2003 yildagi 5,4 mlrd
dollardan 2022 yil oxiriga kelib qariyb 41 mlrd dollarga oʻsdi. Bu koʻrsatkich 2023 yilda 50 mlrd dollarga etishi
kutilmoqda. Qitʻʻa
bilan hamkorlik insonparvarlik
yordamlari,
infratuzilma va transport loyihalari hamda oʻzaro manfaatli iqtisodiy
hamkorlikka yoʻnaltirilgan biznes va savdo munosabatlarining oʻsishiga qaratilgan.
Xususan, Polat
Yol kompaniyasi Ugandani Keniya, Janubiy Sudan va Efiopiya bilan bogʻlaydigan 92 km
uzunlikdagi Muembe-Nakapiripirit yoʻlini yangilash boʻyicha qurilish ishlarini olib
borish boʻyicha tenderni qoʻlga kiritdi.
2023 yil
boshida Uganda hukumati yana bir turk kompaniyasi - Yapı Merkezi`ga mamlakat
poytaxti Kampaladan Keniyadagi Malaba chegara punktigacha boʻlgan temir yoʻlining
273 kilometrlik qismini qurishni taklif qildi. Loyiha qiymati 2,2 mlrd dollarni
tashkil etishi kutilmoqda. Temir yoʻl qurilishi boʻyicha shartnoma dastlab Xitoyning China
Harbour Engineering Company kompaniyasiga tegishli boʻlgan, biroq sakkiz yil
davomida ish bajarilmaganidan soʻng Uganda turk kompaniyasini tanlagan.
Bundan
tashqari, turk kompaniyalari tomonidan Liviyada Tripoli konferentsiya markazi,
Ruandada Kigali konferentsiya markazi, Kamerunda parlament binosi, Nigerda Niamey
aeroporti, shuningdek, 15 ming oʻrinli zamonaviy “Dakar Arena” sport majmuasi,
xalqaro Dakar konferentsiya markazi, Sinegaldagi “Blez Diagne” xalqaro aeroporti
va boshqalar qurildi.