Isroil Livanda 24 soat ichida 500 ga yaqin livanlik, jumladan, 35 bolani oʻldirdi, 1700 ga yaqin kishini jarohatladi. Isroil armiyasi bosh shtabi soʻnggi 24 soat ichida Livanda 1,4 mingdan ortiq oʻq-dorilar yordamida 1,1 mingdan ortiq nishonga hujum qilingani, 650 ga yaqin jangovar parvozlar amalga oshirilganini maʻʻlum qildi.

Soʻnggi 24 soat ichida Isroilning Livan boʻylab bergan zarbalari natijasida 492 kishi, jumladan, 35 bola halok boʻldi, jarohatlanganlar soni 1645 nafarga etdi, deya xabar qildi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Isroil armiyasi asosan mamlakatning janubiy shaharlari, shuningdek, Bekaa va Baalbek hududlariga yuzlab havo hujumlarini amalga oshirdi.

Hujumlar fonida aholining janubiy viloyatlardan poytaxt Bayrut va shimoliy hududlarga koʻchish toʻlqini davom etmoqda.

Livan Taʻʻlim vazirligi butun mamlakat boʻylab maktablar faoliyati toʻxtatilishini eʻʻlon qilgan boʻlsa, Ichki ishlar vazirligi janubdagi maktablar Isroil hujumlari natijasida koʻchirilganlarni joylashtirish uchun ochiqligini bildirdi.

Isroil armiyasi bosh shtabi soʻnggi 24 soat ichida Livanda 1,4 mingdan ortiq oʻq-dorilar yordamida 1,1 mingdan ortiq nishonga hujum qilingani, 650 ga yaqin jangovar parvozlar amalga oshirilganini maʻʻlum qildi.

Isroil armiyasi berilgan zarbalarda Hizbullohning uzoq va oʻrta masofaga moʻljallangan raketalarining yarmi yoʻq qilinganini iddao qildi.

 

Mavzuga aloqador