04.02.2025 14:12
Kongoda yuzlab jasadlar koʻchada qoldi
Kongo Demokratik Respublikasining sharqida joylashgan Goma shahrida M23 isyonchilari va hukumat kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar oqibatida 900 dan ortiq kishi halok boʻldi, 3000 dan ziyod inson yaralandi.
Qizil Xoch xodimlari qurbonlarning jasadlarini yigʻishda davom etmoqda, biroq qurbonlar soni juda koʻpligidan koʻchalarda oʻliklar hali ham yotibdi. Issiq iqlim sharoitida ularni oʻz vaqtida koʻmish muhim boʻlib qolmoqda.
Kongo hukumati isyonchilar ortida Ruanda hukumati turganini daʻʻvo qilmoqda. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, 4000 ga yaqin Ruanda askari Kongoda jang qilmoqda.
Bu minerallar xalqaro bozorda katta talabga ega boʻlgani uchun ularni nazorat qilish uchun qurolli guruhlar oʻrtasida doimiy toʻqnashuvlar sodir boʻlib kelmoqda.
Janubiy Afrika davlatlari va xalqaro tashkilotlar ushbu nizoni diplomatik yoʻl bilan hal qilish uchun harakat qilmoqda. Ammo bu vaqtda Gomadagi aholi tinchlik va xavfsizlikning qayta tiklanishini kutib yashashga majbur.