17.06.2024 08:54
Kolumbiya Isroil hujumlaridan jarohatlangan falastinlik bolalarni davolamoqchi
Kolumbiya Isroil hujumlaridan jarohatlangan falastinlik bolalarni davolamoqchi
Kolumbiya hukumati Gʻazo sektorida Isroil hujumlaridan jabrlangan falastinlik bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishini maʻʻlum qildi. Bu haqda "Associated Press" axborot agentligi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Kolumbiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Elizabet Teylor Jey jurnalistlarga bergan intervʻyusida hukumat tashabbusini maʻʻlum qilgan.
"Biz falastinlik bolalarga gumanitar yordam koʻrsatishga qaror qildik. Ularni oilalari bilan birga Kolumbiyaga reabilitatsiya qilish uchun olib kelamiz", – degan u matbuot anjumanida.
Jey ayni paytda Kolumbiya nechta bolani qabul qilishi va ular Gʻazodan qanday evakuatsiya qilinishi haqida qoʻshimcha maʻʻlumot bermagan.
"Hukumatimiz jarohatlangan bolalarni Kolumbiya harbiy shifokorlari mamlakatda oʻnlab yillar davom etgan ichki mojarolar paytida orttirgan "tajriba"sidan kelib chiqib davolashi mumkin deb hisoblaydi", – deya soʻzlarini yakunlagan vazir oʻrinbosari.
Maʻʻlumot uchun, may oyida Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro mamlakati Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini eʻʻlon qilib, yahudiy davlati bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu hukumatini falastinliklarga qarshi genotsid sodir etishda ayblagan edi.
Bundan tashqari, Kolumbiya Telʻ-Avivning Gʻazo sektoridagi agressiyasiga javoban Isroilga koʻmir etkazib berishni toʻxtatgan.