16.01.2024 14:50

Kim Chen In Konstitutsiyaga Janubiy Koreyani “asosiy dushman” deb kiritishga chaqirdi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Konstitutsiyada Janubiy Koreyani “muqarrar ashaddiy dushman” sifatida belgilash uchun uni qayta yozishga chaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

U Seul va Vashingtonni “harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish va strategik aktivlarni joylashtirish orqali” Koreya yarim orolini potentsial urush hududiga aylantirishda aybladi.

Kim Chen In, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Koreyani birlashtirishga erishish "mumkin emas"ligini taʻʻkidladi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya etakchisi Pxenʻyandagi ikki davlat birlashishi ramzi boʻlgan yodgorlikni buzishni talab qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Pxenʻyan urush boshlamoqchi emas, lekin ayni paytda undan qochishga ham intilmaydi. “Koreyalararo munosabatlarning achchiq tarixidan olingan yakuniy xulosa shuki, biz milliy birlashish yoʻlida birga olgʻa harakat qila olmaymiz”, — dedi Kim Chen In.

Avvalroq KXDR hukumati Koreyalararo ishlar bilan shugʻullanuvchi idoralarni tugatishga qaror qilgan edi.

Mavzuga aloqador