06.03.2024 08:07

Boykot samarasini koʻrsatmoqda: Starbucks Yaqin Sharqdagi xodimlari sonini qisqartirmoqda

Yaqin Sharqdagi Starbucks huquqlariga ega boʻlgan AlShaya Group Fors koʻrfazi giganti Gʻazodagi urush bilan bogʻliq isteʻʻmolchi boykotidan aziyat chekayotgani sababli 2000 dan ortiq ish oʻrinlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Yakshanba kuni boshlangan qisqartirishlar AlShaya Group`da ishlayotgan 50 ming atrofidagi xodimlarning qariyb 4 foizini tashkil etib, asosan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi Starbucks franchayzalarida toʻplangan, deydi manbalar.

Manbalardan birining aytishicha, boykot kompaniya uchun qiyin savdo sharoitlarini yuzaga keltirgan.

"Olti oydan beri davom etayotgan qiyin savdo sharoitlari natijasida Starbucks MENA kafelarimizdagi xodimlar sonini qisqartirish boʻyicha juda qiyin qaror qabul qildik", deyiladi AlShaya bayonotida. Rasmiy bayonotda ishdan boʻshatilayotgan xodimlarning aniq soni keltirilmagan.

Mavzuga aloqador