08.07.2025 06:25
86
Keyingi qurbon siz boʻlasiz! –
Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi bosh kotibi Muhiddin al Qoradogʻiy Islom dunyosi rahbarlarini uygʻonishga chaqirdi.
"Baъzi musulmon davlatlari rahbarlariga ochiqchasiga aytdim: agar harbiy va iqtisodiy jihatdan yagona ittifoq tuzmasak, isroilning bu doʻzaxiy rejalari qurboni ertaga biz boʻlamiz", dedi u oʻz bayonotida.
Qoradogʻiyning taъkidlashicha, Masjid al-Aqsoda sodir etilayotgan zoʻravonliklarni dunyo jim kuzatmoqda. Holbuki, juma namozlari toʻsib qoʻyilmoqda, talmudiy bayramlar Aqso hovlisida oʻtkazilyapti.
"Xalqlarga, ulamolarga, vijdon sohiblariga murojaat qilaman: yigʻlash etarli emas, faqat gʻazablanish bilan hech narsaga erishmaysiz. Endi puxta reja tuzib, bosim oʻtkazishimiz, shiorlar bilan emas, haqiqiy ittifoqlar bilan kurashishimiz kerak", degan u.
Ittifoq bosh kotibining taъkidlashicha, haqiqiy olimlar ummatni uygʻotishi, vijdonlarni tiriltirishi, qoʻrquv devorlarini yiqitishi kerak. Sukut dogʻdir, al-Aqsodan yuz oʻgirish esa yangi falokatlarning boshlanishi.
"Koʻz oʻngingizda ilk qiblangiz boy berilishiga rozimisiz? Xaritadan oʻchirilganidek, xotiralaringizdan ham oʻchirilishini xohlaysizmi? Ey hukumat rahbarlari! Agar Falastinni yolgʻiz qoldirsangiz, ummatning xorligini qabul qilsangiz, keyingi qurbon oʻzingiz boʻlasiz!"