28.05.2024 12:34
Kanada falastinliklarga beriladigan vizalar sonini besh baravar oshiradi
Rafah qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan ayollar va bolalarning shafqatsizlarcha oʻldirilishi ortidan Kanada migratsiya vaziri Mark Miller Kanada Gʻazo sektori aholisi uchun vizalar sonini besh barobarga oshirishini maʻʻlum qildi, deb xabar bermoqda Al Jazera.
Yaqin kelajakda Kanadada yashovchi falastinliklarning qarindoshlariga 5000 ta viza beriladi. Viza dasturi dekabrʻ oyida boshlangan, ammo endi uni kengaytirish rejalashtirilmoqda. “Biz Gʻazoda yuz berayotgan gumanitar falokatdan qattiq xavotirdamiz.
Koʻpchilik oʻz qarindoshlari haqida qaygʻuradi va biz koʻrsata oladigan yordamga qiziqish bildirishdi. Kanada biz qabul qilishga tayyor boʻlgan odamlarning ismlari roʻyxatini tuzadi va ular chegarani xavfsiz kesib oʻtishlarini taʻʻminlash uchun mahalliy hokimiyatlarga taqdim etadi.
Isroil va Misr Kanadadagi falastinliklarni oilasi bilan birlashtirishga yordam beradigan ushbu gumanitar chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi muhim hamkorlarimizdir”, dedi Miller.
Eslatib oʻtamiz, Isroil Misr bilan chegaradagi Rafah chegara punkti nazoratini qoʻlga kiritgach, uning ruxsatisiz hech kim Gʻazo sektorini tark eta olmaydi.