30.07.2025 12:05
78
Kamchatkada 8 balli zilzila yuz berdi
30 iyulь kuni Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Kamchatka yarimoroli yaqinida 8,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Zilzila binolarga zarar etkazdi va 4 metr balandlikdagi tsunami yuzaga keltirib, butun Tinch okeani boʻylab ogohlantirish va evakuatsiyaga sabab boʻldi.
Reuters nashrining yozishicha, Uzoq Rossiya hududida bir necha kishi jarohat olgan, Yaponiya sharqiy qirgʻogʻidagi keng hududlar esa evakuatsiya qilingan.
AQSh Geologiya xizmati zilzilaning 19,3 km chuqurlikda sodir boʻlganini va markazi Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan 119 km janubi-sharqda joylashganini bildirdi. Dastlabki magnituda 8,0 sifatida qayd etilgan, keyinchalik bu koʻrsatkich yangilandi va kuchli 6,9 magnitudali takroriy tebranish ham qayd etildi.
Rossiya Fanlar akademiyasi bu hududda 1952 yildan beri qayd etilgan eng kuchli zilzila boʻlganini maъlum qildi.