26.03.2024 07:42

Kaʻʻbani golʻf mashinasida tavof qilish imkoniyati paydo boʻldi

Ramazon oyida keksalar va imkoniyati cheklangan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida Makka masjidi tomida golʻf mashinalarini qisqa muddatga ijaraga berish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Saudiya Arabistoni Makka va Madinadagi Ikki muqaddas masjid ishlari boʻyicha Bosh boshqarmasi tavof (Kaʻʻbani aylanib oʻtish) marosimini bajarish uchun «aqlli» golʻf mashinalarini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda Saudi Gazette.

Umra ziyoratining eng qizgʻin mavsumiga toʻgʻri keladigan Ramazon oyida keksalar va imkoniyati cheklangan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida Makka masjidi tomida golʻf mashinalarini qisqa muddatli ijaraga berish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Boshqarmaning xabar berishicha, golʻf mashinasi joylashgan joyga Ajad eskalatori kirishlari va Qirol Abdulaziz darvozasidagi liftlar orqali borish mumkin. Golʻf mashinalari har kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 dan 4:00 gacha xizmat koʻrsatadi.

Golʻf mashinalaridan faqat tavof maqsadlarida foydalanish mumkin va ularning narxi bir kishi uchun 25 riyolga (6,67 dollar atrofida) teng. Hojilar tavof qilishlari uchun 50 ta golʻf aravalari mavjud boʻlib, ularning har biri 10 yoʻlovchiga moʻljallangan.

Mavzuga aloqador