21.05.2025 15:38
178
Jazoirda oʻqituvchi “isroil davlati” haqidagi soʻzlari uchun jazolandi
Jazoirning janubi-gʻarbidagi Oran shahrida maktab bitiruvchilari uchun tarix va geografiya fanlaridan sinov imtihonining matni bilan bogʻliq janjal kelib chiqdi.
Mahalliy “Al-Xabar” gazetasining yozishicha, imtihon jarayonida “isroil davlatini yaratish” atamasi qoʻllanilgan, bu esa jamoatchilik va rasmiylar tomonidan keskin tanqidga sabab boʻlgan.
Mahalliy taъlim boshqarmasiga koʻra, bunday atama Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlovchi va sionistlarni bosqinchi deb biluvchi Jazoirning rasmiy pozitsiyasiga toʻgʻri kelmaydi .
Shu munosabat bilan test sinovini tayyorlagan oʻqituvchiga nisbatan tergov harakatlari boshlangan. Taъlim departamenti matbuot kotibi Abdul Qodir Ublayd voqeani “jiddiy xato” deb atagan va oʻqituvchiga nisbatan “qattiq chora koʻrish”ga vaъda bergan.