07.12.2024 07:52

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun uzr soʻradi




Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolʻ harbiy holat joriy etgani uchun kechirim soʻrab, lavozimida qolish masalasi oʻz partiyasi ixtiyorida ekanini maʻʻlum qildi. Bugun Janubiy Koreya parlamentida prezident impichmenti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish oʻtkaziladi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolʻ televidenie orqali xalqqa murojaatida joriy hafta boshida mamlakatda 45 yil ichida birinchi marta harbiy holat joriy etgani uchun uzr soʻradi, deb yozmoqda Yonhap yozmoqda.

«Ushbu qaror dilxunlikdan qabul qilingan», — dedi u. Prezident ikkinchi marta harbiy holat eʻʻlon qilmasligini qoʻshimcha qildi.

Yun Sok Yolʻ lavozimida qolish masalasi oʻz partiyasi ixtiyorida ekanini taʻʻkidladi.

Murojaatdan soʻng prezidentning «Xalq kuchi» partiyasi etakchisi Xon Don Xun Janubiy Koreya rahbarining muddatidan oldin isteʻʻfoga chiqishi muqarrarligini, chunki u ortiq davlat vazifalarini bajarishga qodir emasligini aytdi.

Don Xun, shuningdek, prezident vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatib qoʻyishga chaqirdi.

7 dekabrʻ kuni Janubiy Koreya parlamentida prezident impichmenti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish oʻtkaziladi. Uning qabul qilinishi uchun muxolifatga prezident partiyasidan kamida 8 nafar deputatning ovozi kerak. Yonhap agentligi bundan oldin parlament birinchi xonimga nisbatan tergov masalasi boʻyicha ovoz berishini maʻʻlum qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, 3 dekabrʻ kuni kechqurun prezident Yun Sok Yolʻ konstitutsiyaviy tartibni «kommunistik kuchlar»dan himoya qilish maqsadi mamlakatda harbiy holat eʻʻlon qildi. Parlament deputatlari prezident qaroriga qarshi chiqib, uni bekor qilish uchun ovoz berdi, shundan soʻng prezident oʻz farmonini qaytarib olishga rozi boʻldi.

Shuningdek, Janubiy Koreya politsiyasi Yun Sok Yolga qarshi davlatga xiyonatda gumonlanib tergov boshladi.

Mavzuga aloqador