03.12.2024 18:57
Janubiy Koreyada harbiy holat eʻʻlon qilindi
Janubiy Koreyada harbiy holat eʻʻlon qilindi. Parlament binosiga kirishga urinayotgpn harbiylar va fuqarolar oʻrtasida otishma sodir boʻlgani xabar qilindi. Harbiy holat haqida nimalar maʻʻlum.
Janubiy Koreyada harbiy holat joriy etildi. TASS mamlakatdagi vaziyat boʻyicha nimalar maʻʻlumligini toʻpladi:
▪️Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol “favqulodda holat” joriy etilganini maʻʻlum qildi, deb xabar berdi "Yonhap" agentligi.
▪️Tadbir KXDR “tarafdorlariga qarshi kurash” bilan bogʻliq ekani aytildi;
▪️Muxolifatning bir qator prokurorlarga impichment eʻʻlon qilishga urinishi va hukumatning byudjet taklifini rad etishi bunga sabab boʻldi;
▪️Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi “asosiy qoʻmondonlar” yigʻilishini oʻtkazdi;
▪️Hukmron fuqarolik hokimiyati partiyasi rahbari Xan Dong Huk mamlakatda harbiy holat joriy etilishini qoraladi;
▪️Harbiy holat eʻʻlon qilinganidan keyin parlament binosiga kirish toʻsib qoʻyildi;
▪️Janubiy Koreyada siyosiy partiyalar va Milliy Assambleyaning faoliyati taqiqlandi;
▪️Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol oliy martabali amaldorlar yigʻilishini oʻtkazdi.
▪️Muxolifatdagi "Toburo" Demokratik partiya rahbari Janubiy Koreya prezidentining harbiy holat haqidagi qarorini konstitutsiyaga zid deb atadi;
▪️Koreya Respublikasi Quruqlikdagi qoʻshinlari shtabi boshligʻi Pak An Su harbiy holat joriy qilinganidan keyin qoʻmondon etib tayinlandi;
▪️ Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi favqulodda yigʻilish oʻtkazmoqda, deb xabar bermoqda The Korea Herald.
▪️ Janubiy Koreya qonunchiligi, agar parlament aʻʻzolarining koʻpchiligi uni qoʻllab-quvvatlasa, harbiy holatni bekor qilishga ruxsat beradi, deb xabar beradi "Yonhap" agentligi.
▪️ Harbiy holat joriy etishni taʻʻminlovchi qoʻshinlar mamlakat Milliy assambleyasi binosiga kirishga urinmoqdalar, kiraverishda fuqarolar bilan otishma yuz berdi;
▪️ Kirish eshigida toʻplangan fuqarolar, jumladan deputatlar ham harbiy xizmatchilardan iborat kichik otryadni binoga kiritmadi. Hozirgacha tinch aholi harbiylarni ushlab turishga muvaffaq boʻldi.
▪️ Harbiylar Janubiy Koreya parlamenti binosiga deraza orqali kirib kelishdi, deb yozadi YTN.