30.03.2024 11:27

Janubiy Koreya kompaniyasi ishchilariga har bir bola uchun 100 mln von taklif qilmoqda

Janubiy Koreyaning Booyoung kompaniyasi oʻz xodimlariga oilasida tugʻilgan har bir bola uchun 100 mln von ($72,3 ming) bonus taklif qilmoqda. Kompaniya shu yoʻl bilan mamlakatda tugʻilish darajasini oshirishga xissa qoʻshmoqchi.

Janubiy Koreyaning Booyoung kompaniyasi mamlakatda yaqinlashib kelayotgan demografik inqirozga qarshi kurash boʻyicha keng koʻlamli kampaniya doirasida xodimlarga oilada tugʻilgan har bir bola uchun 100 mln koreys voni (72,3 ming dollar atrofida) miqdorida bonus taklif qilmoqda.

“Umid qilamanki, biz tugʻilishni ragʻbatlantirish uchun oʻz hissasini qoʻshayotgan kompaniya sifatida tan olindik. [...] Agar Koreyada tugʻilish darajasi pastligicha qolsa, mamlakat yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida qoladi”, - deydi kompaniya vakili Li Jung Geun.

Mamlakatda tugʻilishning umumiy koeffitsienti 2022 yildagi 0,78 dan 2023 yilda 0,72 promillega tushdi. 2024 yilda 0,68 ga va 2025 yilda 0,65 ga tushishi prognoz qilinmoqda, bu barqaror aholini taʻʻminlash uchun zarur boʻlgan 2,1 promilledan ancha past.

Koʻpgina Gʻarb davlatlari ham aholining qarish muammosiga duch kelmoqdalar, ammo bu oʻzgarishlarning tezligi va salbiy oqibatlari Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlardan farqli ravishda, immigratsiya tufayli yumshatiladi.

"Vaqt tugayapti va umid qilamanki, har bir muassasa tugʻilish darajasining pastligi bilan bogʻliq muammolarga favqulodda qatʻʻiyat bilan yondashadi", degan edi prezident Yun Sok Yol dekabrʻ oyida vazirlarga.

Mamlakatda demografik inqirozning dastlabki oqibatlari allaqachon sezilmoqda: 2022 yilda oʻquvchilar soni kamaygani, bolalar bogʻchalari qariyalar uyiga aylantirilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi, shuningdek, birinchi marta Janubiy Koreya harbiy xizmatchilari soni 500 mingdan pastga tushdi.

Koreya Taraqqiyot Instituti tadqiqotchisi bugungi 0,7 promillelik tugʻilish koʻrsatkichi hozirgi vaziyat emas, balki oldingi avlod qayd etgan 1,2 promillelik koʻrsatkichning natijasi ekanligini ogohlantiradi: “Kelgusida bundan ham yomonroq boʻladi”.

Demografik inqiroz iqtisodiy inqirozga aylanmoqda: iqtisodchilarning qayd etishicha, keksa aholini qoʻllab-quvvatlash jiddiy moliyaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Koreya sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar instituti maʻʻlumotlariga koʻra, 2050 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2022 yilga nisbatan 28 foizga past boʻladi. Salbiy prognoz keyingi 25 yil ichida mehnatga layoqatli aholi soni qariyb 35 foizga qisqarishidan kelib chiqadi.

Mavzuga aloqador