25.09.2025 13:04
209

Italiya va Ispaniya harbiy kemalari "Matonat" flotiliyasini qoʻllab-quvvatlaydi



Italiya va Ispaniya davlatlari bosqinchi isroilning Gʻazodagi qamalini yorib oʻtish maqsadida yoʻlga chiqqan Xalqaro "Matonat" flotini qoʻllab-quvvatlash uchun harbiy kemalar yubordi. 

Xalqaro insonparvarlik floti bir necha kun mobaynida nomaъlum dronlar hujumlariga uchrayotgan edi.  Italiya va Ispaniya davlatlari uni qoʻllab-quvvatlash va kerakli vaziyatlarda tibbiy, insoniy yordam koʻrsatish va evakuatsiya qilish uchun oʻz harbiy kemalarini yoʻllashga qaror qilgan.

Jumladan, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning topshirigʻi bilan “Furor” kemaci Kartaxena portidan yoʻlga chiqqan.
Kema Ispaniya bayrogʻi ostida harakat qilib, insonparvarlik flotini kuzatish va zarurat tugʻilganida yordam koʻrsatish vazifasini bajaradi.

Mavzuga aloqador