03.06.2025 13:17
69
Istanbul muzokaralari: Ukraina-Rossiya nimaga kelishdi?
Kecha, 2 iyunь kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Kiev va Moskva ogʻir kasal, yarador hamda 18 dan 25 yoshgacha boʻlgan asirlarni almashishga kelishib olishdi. Bu haqda Ukraina delegatsiyasi rahbari, mamlakat mudofaa vaziri Rustam Umerov maъlum qildi.
Unga koʻra, tomonlar oʻlganlarning jasadlarini "6000 ga 6000" formatida almashishadi.
Umerov Rossiya tomoni Kievga urushni tugatish shartlari haqidagi memorandumini topshirganini tasdiqladi. Uning qayd etishicha, Ukraina hujjatni oʻrganish va keyingi qadamlar haqida qaror qabul qilish uchun 1 hafta muhlat soʻragan.
Mudofaa vaziri, shuningdek, Ukraina delegatsiyasi Rossiyaga 20 iyundan 30 iyungacha navbatdagi uchrashuv oʻtkazishni taklif qilganini aytdi.
Shu bilan birga, uchrashuvdan soʻng, Rossiya tomoniga qaytarish talab qilingan yuzlab ukrainalik bolalar roʻyxati ham topshirilgani maъlum qildi.